Kontent qismiga oʻtish

Hillary Clinton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hillary Rodham Clinton
Hillary Clinton
Tavalludi
Hillary Diane Rodham

26-oktyabr 1947-yil (1947-10-26) (76 yosh)
Fuqaroligi  AQSh
Partiyasi Demokratik Partiya
Turmush oʻrtogʻi Bill Clinton
Bolalari Chelsey Clinton
Otasi Hugh E. Rodham[1]
Onasi Dorothy Howell Rodham[1]
Veb-sayti Rasmiy sayti
Imzosi

Hillary Diane Rodham Clinton (talaffuzi: Hillari Dayen Rodem Klinton 1947-yil 26-oktyabr, Chikago) – taniqli AQSh davlat va jamoat arbobi, mamlakatning 67-davlat kotibi, 2016-yilgi prezidentlk saylovlarida Demokratlar partiyasidan nomzod.

1965-yilda Illinoys shtatidagi Park-Rij oʻrta maktabini tamomgan. Uelsli kollejida tahsil koʻra boshlagan Hillary oʻqish bilan birga jamoat ishlarida ham faol ishtirok etgan. 1969-yilda bakalavr diplomini olgach, Yel universitetining huquqshunoslik fakultetiga oʻqishga kirgan. Aynan mana shu yerda hayotining keyinini mutlaqo oʻzgartirib yuborgan voqeani boshidan oʻtkazgan: boʻlajak turmush oʻrtogʻi Bill Clinton bilan tanishgan. Hillary 1972-yilda demokrat nomzod George McTowerning saylov kompaniyasida faol ishtirok etadi. Bir yil oʻtib esa u huquqshunoslik doktori diplomini qoʻlga kiritadi. Shundan keyin u Vakillar palatasi huquq qoʻmitasi apparatida va Bolalarni himoya qilish jamgʻarmasida ishlay boshlaydi. Keyinroq Arkanzasga koʻchib oʻtadi. Sababi, Bill Klinton oʻzining siyosiy faoliyatini boshlagandi. 1975-yilda Hillary bilan Bill turmush quradilar. Shu yildan Hillary Arkanzas universitetining huquqshunoslik fakultetida dars bera boshlaladi, bir yildan keyin „Rose Law Firm“ yuridik firmasida ishlay boshladi. 1978-yil oʻsha paytdagi prezident Jimmy Carter Hillaryni Yuridik xizmatlar korporatsiyasi boshqaruv aʼzosi etib tayinlangan. Bu yil Bill uchun ham omadli keladi: u Arkanzas gubernatori etib saylanadi. 1980-yilda Klintonlarning qizi – Chelsi dunyoga keladi. Shtatning birinchi xonimi sifatida (1983—1981 va 1983—93-yillar) Hillary Klinton jamoat ishlarida faol qatnashib keladi. 1992-yili Bill Klinton prezidentlik saylovida gʻolib kelganidan keyin turmush oʻrtogʻini iltimosiga koʻra, Hillary sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish tezkor qoʻmitasini boshqaradi. Ammo islohot ham, bu islohotlarning boshiga Hillaryning tayinlanishi ham respublikachilar va tibbiyot xodimlariga yoqmaydi. Natijada, bir yil oʻtib, Hillary bu lavozimni tark etadi. Shundan soʻng Hillary ayollar va bolalar muammolariga, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatda ayollar va bolalarni himoya qilish ishida qatnasha boshlaydi.

Klintonlarning hukmronlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klintonlarning hukmronlik davri silliq kechmadi. 1994-yilda „Whitewater“ kompaniyasi atrofida kechgan mashmashalar, 1998-yilda Bill Klinton – Monica Levinsky ishqiy mojarolari olamshumul voqealardan boʻlgani shubhasiz. Hillary erining ishqiy munosabatlariga koʻz yumib keta olgani esa yanada shov-shuvli boʻldi. Tabiiyki, Hillary Klinton bu ishda oʻzining siyosiy kelajagini ham oʻylagan edi. Axir siyosiy faoliyatini eri prezidentlik kursisidan tushganidan keyin ham davom ettirishi kerak edi-da. Shunday boʻldi ham. 2000-yilda u Demokratlar partiyasi vakili sifatida Nyu-Yorkdan senatorlikka nomzod boʻldi. Uning raqibi Nyu-York meri Rudolph Giuliani edi. Ammo Juliani sogʻligʻi bois saylov musobaqasidan voz kechdi. Hillary Klinton esa navbatdagi raqib Rik Latsioni yenga oldi. Biroq Hillary Klintonning siyosiy qarashlari nafaqat respublikachilarga, balki demokratlarning oʻziga ham yoqmay qola boshladi. Ayniqsa, u respublikachi prezident George W. Bushning Iroqqa qurolli hujumini yoqlaganidan keyin. Ammo shunga qaramasdan, Hillary Klinton demokratlarning prezidentlikka eng sara nomzodlaridan biri sifatida qolmoqda edi.

2006-yil 7-noyabrda Klinton xonim senatga qayta saylandi. Bu safar u John Spenserning ustidan gʻalaba qozondi. 2007-yil 20-yanvarida Hillary Klinton prezidentlik kursisi uchun oʻtkaziladigan saylovda demokratlar vakili sifatida ishtirok etishi maʼlum qiladi. Hillaryning partiyadosh raqibi esa qora tanli Barak Obama edi. Agar Klinton xonimning saylovoldi kampaniyasi yaxshi tugagan va Amerika xalqi uni boʻlajak prezident sifatida qarshi olganida edi, kelgusi yildan ulkan davlatni boshqarish birinchi ayol prezidentning chekiga tushardi. Ammo partiya ichida oʻtkazilgan saylovlar uloqni Barak Obama ilib ketishiga olib keldi. 2008-yil 7-iyun kuni Hillary Klinton oʻzining saylovoldi kampaniyasi nihoyasiga yetganini maʼlum qildi va saylov musobaqasini tark etdi[2].