Aliqopu saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aliqopu saroyiIsfahon (Eron)dagi me’moriy yodgorlik (1517-asrlar). Bosh tarzi baland, keng ravoqli saroy ansambli. Saroy asosan 15-asrda qurilgan, Abbos I davrida esa kengay-344tirilib yanada balandlashtirilgan. An-samblda saroy ahli va sarkardalar uchun qator xonalar (qabulxona, devonxona, qozixona va boshqalar), atrofi bog‘ bo‘lib, uz. 6 km cha devor bilan o‘ralgan. Baland darvoza (qrpu) orqali gumbazli miyonsaroyga kiriladi. Miyonsaroy bag‘ali tilla halli bo‘rtma naqshlar va gullayotgan daraxt tasviri bilan bezatilgan. Miyonsaroydan qabulxonaga o‘tiladi. Kdbulxona devorlaridagi tokchalarga mahalliy me’morlik an’analari asosida kosamonlar ishlanib, naqshlar bilan bezatilgan. Us t-ki qismidagi katta bolxona ustunlari nafis bezatilgan. Ba’zi xonalarning ichki devorlarida gulli naqshlar, bol-xonalarida devoriy rasmlar bor. Ularda muhabbat izhor etib turgan yigit va qiz, bog‘ ichida dam olayotgan ayol, Isfahon sa-roylaridagi aysh-ishrat, xursandchilik aks ettirilgan. Olimlarning fikricha, bu rasmlarni yaratgan ustalar orasida musavvir Rizo Abbosiy ham bo‘lgan. Aholi Aliqopu saroyi ni muqaddas deb bilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil