Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Orinko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Orinko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Nikolayevich Orinko
Tavallud sanasi 16-dekabr 1958-yil
Tavallud joyi Xarkov, Ukraina SSR, SSSR
Vafot sanasi 16-dekabr 2021-yil(2021-12-16)
(63 yoshda)
Vafot joyi Klaypeda, Litva
Boʻyi 192 cm (6 ft 3 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Vazni 100 kg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979—1981 Jezkazganets 4 (0)
1981 Selnik (Toʻrtkoʻl) ? (?)
1982 Metallist 0 (0)
1984 Salyut (Belgorod) 2 (?)
1986 Atlantas 2 (0)
1988 Voljanin 11 (0)
1989 Baltika 7 (0)
1991 Granitas ? (?)
1992 Drujba (Y-O) 7 (?)
1992 Veres 1 (0)
1994—1995 Banga 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Nikolaevich Orinko (1958-yil 16-dekabr, Xarkov, Ukraina SSR – 2021-yil 16-dekabr, Klaypeda) – sovet futbolchisi, darvozabon sifatida faoliyat olib borgan. Futbolchilikdan rus provaslav cherkovida ruhoniylik qilgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xarkov futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, Birinchi murabbiy V. Vasilyov. Aleksandr futbolchilik faoliyatini 1975-yilda havaskorlar futbol jamoalarida boshlagan. 1979-yilda Orinko SSSR ikkinchi ligasida ishtirok etgan Qozogʻiston SSRning „Jezkazganets“ klubi tarkibiga oʻtgan va u yerda bir necha mavsum oʻtkazgan. 1981-yilgi mavsum SSSR ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi boshqa bir jamoa, Oʻzbekiston SSRning „Selnik“ (Toʻrtkoʻl) klubi tarkibiga oʻtgan. 1982-yilda Toʻrtkoʻl jamoiasini tark etib, Ukrainaga qaytgan va „Metallist“ jamoasi tarkibida koʻrinish bergan.

1984-yilda Belgorodning „Salyut“ jamoasida oʻynagan. 1986-yilda Sovet Ittifoqi Birinchi ligasi debyutanti Litvaning „Atlantas“ klubida 2 ta oʻyin oʻtkazgan. 1988 va 1989-yillarda Voljanin va Baltika jamoalarida oʻynagan. 1991-yilda Aleksandr „Granitas“ jamoasida Litva Premyer-ligasida oʻynagan[1].

Orinko 1992-yilda mavsumni Rossiyaning birinchi ligasi „Drujba“ (Yoshkar-Ola) jamoasida boshlangan boʻlsa, 1992/1993-yilgi mavsumni qolgan qismida Ukrainaning „Veres“ jamoasida 1 ta oʻyin oʻtkazgan. Aleksandr Keyinchalik Litvaga qaytib kelgan va 1994/95-yilgi mavsumda oliy liganing „Banga“ (Gargzday) klubida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. 1995-yil mavsum soʻngida faoliyatini yakunlagan.

Futboldan keyingi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini tugatgandan soʻng Aleksandr ruhoniy boʻldi. Pravoslav Sankt-Tixon gumanitar universitetini tamomlagan. Orinko Klaypedadagi „Rus zaminida porlagan barcha azizlar cherkovi“da ruhoniy boʻlib xizmat qilgan va kanonik presviter darajasiga ega edi.

Ruhoniylik faoliyati davomida futboldan uzilib qolmagan va Ikkita yoshlar mini-futbol jamoasini tashkil etishda koʻmaklashgan. Aleksandr ruhoniy boʻlgan davrida ham futbol oʻyinlarida ishtirok etgan.

2015-yilda „Klaipėda Rosai“ futbol jamoasi vakili sifatida Litva 3-ligasining Klaypeda mintaqaviy chempionatida gol urgan. Bu gol orqali Aleksandr Litvada rasmiy oʻyinda gol urgan eng keksa futbolchiga aylangan va Litvaning rekordlar kitobiga kirgan.

2018-yilda Aleksandr mini-futbol boʻyicha Litva chempionati jamoasiga taklif qilingan. Aleksandr Orinko bir necha bor Klaypeda shahar futboli fahriylari uchun oʻyinlar tashabbuskori boʻlgan.

Yoshlar markazlari bilan faol hamkorlik qilgan. U Klaypeda shahar kubogida ishtirok etish uchun yoshlar jamoasini yigʻgan va futbol jamoasida zaxira darvozaboni sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

2021-yil 16-dekabrda vafot etgan.

  1. „Lithuania 1991“. 19 вересня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 квітня 2020.