Al-ahmar masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-ahmar masjidi — Qohiradagi fotimiylar davri meʼmo-riy va amaliy bezak san’ati yodgorligi (1125). Hovli (10x10 m) atrofidagi gum-bazli binolar oldi ravoqlar qatori bilan oʻralgan. Bosh tarzi ravoqlari, mehrobi, tosh oʻymakorligida ishlangan hoshiyasida girih va islimiy boʻrtma naqshlarning serhasham namunalari saqlangan. Saroy eshigidagi islimiy naqshlar tas-viriy mazmun (ov sahnasi, sozanda va raqqosalar, qush va jonivorlar tasviri) bilan uygʻunlashib ketgan. Masjiddagi oʻymakori naqshlar nihoyatda serhasham.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil