Al-Seeb (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Seeb Club
نادي السيب
Logo
Toʻliq nomi Al-Seeb Club
Laqabi Sayyid Al-Nawadi
(Master of the Clubs)
Asos solingan 1972 (52 yil avval) (1972)
Stadion Al-Seeb Stadium
Al-Seeb
Stadion hajmi 14,000
Prezidenti Shihab bin Tariq
Murabbiyi Rashid Jaber
Musobaqasi Ummon Professional Ligasi
2022–23 3rd
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Al-Seeb klubi (arabcha: نادي السيب ; Imperator yoki „Klublar ustasi“ yoki oddiygina Al-Seeb yoki Seeb klubi nomi bilan ham tanilgan[1]) — Al-Seeb shahrida joylashgan Ummon professional futbol klubi[2], Ushbu klub Ummon Professional ligasida, eng yuqori pogʻonada ishtirok etadi. Klub uy maydoni — „Al-Seeb“ stadioni hisoblanadi. Stadion hukumatga tegishli boʻlishiga qaramasdan, klub oʻzining shaxsiy stadioni va sport jihozlariga, shuningdek, ushbu stadionda oʻtkaziladigon oʻzining mashgʻulotlariga ega. 2022-yilda klub Ummon ligasi, Sulton Qobus kubogi va OFK kubogini qoʻlga kiritib, Mavsumni yakunda „Trebl“ bilan yakunladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Seeb klubi 1972-yil 3-yanvarda Al-Seeb hududidagi toʻrt xil kichik jamoalarni (Vatan, Butolah, Hilol va Fida) birlashtirgandan soʻng tashkil etilgan[3]. Toʻrtta jamoa bir nechta uchrashuvlardan soʻng birlashishga va Al-Seebni tashkil etishga kelishib oldilar. Klub 2002-yil 26-iyunda rasmiy roʻyxatdan oʻtgan.

Shihob Bin Tariq 1982-yildan beri Al-Seeb rahbari va raisi hisoblanadi. U 1975-yilda universitetda oʻqishni tugatgandan soʻng klubga qoʻshildi va keyin klubda voleybol boʻyicha oʻzining ilk jamoasida oʻynay boshladi. U shuningdek futbol, basketbol va stol tennisi kabi boshqa oʻyinlarda ham qatnashgan. Uning otasi ham sportchi boʻlgan, Uning otasi oʻz navbatida xokkeychi va suzuvchi boʻlgan.

Koʻplab sport klublari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garchi asosan oʻz futboli bilan tanilgan boʻlsa-da, Al-Seeb klubi Ummonning boshqa koʻplab klublari singari, oʻz roʻyxatida nafaqat futbol, balki xokkey, voleybol, gandbol, basketbol, badminton va skvoshga ham ega. Ularda Ummon yoshlar ligasida ishtirok etadigan yoshlar futbol jamoasi ham mavjud.

Libos va ranglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Seeb klubi tashkil etilganidan beri toʻliq sariq yoki yashil (mehmonda) libos kiyishi maʼlum (odatda sariq yoki yashilning quyuqroq koʻrinishi boʻladi). Yillar davomida libosda ularning turli xil homiylari ramzi ham aks etgan. Hozirda Adidas ularni oʻz toʻplamlari bilan taʼminlaydi.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ummon ligasi : (2)
    • G‘olib: 2019-20, 2021-22
    • Ikkinchi o‘rin: 1994-95 .
  • Sulton Qobus kubogi : (4)
    • Gʻolib: 1996, 1997, 1998, 2022 .
    • Ikkinchi oʻrin: 2003, 2005 .
  • Ummon Professional liga kubogi : (1)
    • Gʻolib: 2007 yil .
    • Ikkinchi oʻrin: 2013 yil .
  • Ummon Superkubogi : (1)
    • Gʻolib: 2020
    • Ikkinchi oʻrin: 1999, 2004.
  • Sulton Qobus kubogi (U-19) : (6)
    • Gʻolib: 1998, 2003, 2005, 2006, 2007, 2008 yillar.
    • Ikkinchi oʻrin: 2003, 2005 .
  • Ummon yoshlar ligasi (U-16) : (0)
    • Ikkinchi o‘rin: 1989-90, 2003-04.
  • Ummon yoshlar ligasi (U-16) Muscat: (2)
    • G‘olib: 1991-92, 2003-04.
    • Ikkinchi o‘rin: 1989-90, 1992-93.

Yutuqlar (Boshqa sport turlari)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkey

  • Sulton Qobus kubogi (7):
  • Gʻolib 1989, 1991, 1992, 1993, 1994, 1996, 1997
  • Ikkinchi oʻrin 1995 yil
  • Ummon Xokkey Premer-ligasi (3):
  • Gʻolib 1993, 1994, 1995
  • Ikkinchi oʻrin 1996 yil
  • Yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati (U-16) (2):
  • Gʻolib 1990-91, 1991-92
  • Ikkinchi oʻrin 1992-93

Stol tennisi

  • Milliy chempionat (1):
  • Gʻolib 1994-95

Basketbol

  • Milliy chempionat (4):
  • Gʻolib 1987-88, 2000-2001, 2003-04, 2007-08
  • 2-o‘rin sohibi 1986-87, 1988-89, 1989-90, 1992-93, 1993-94, 1994-95, 1995-1996, 1998-99, 2002-03, 2004-05,
  • Yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati (U-16) (1):
  • Gʻolib 1995-96
  • Ikkinchi oʻrin 1994-95
  • Yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati (U-16) (0):
  • 1990-91, 1995-96 yillarda ikkinchi oʻrin sohibi

Gandbol

  • Milliy chempionat (2):
  • Gʻolib 2006-2007, 2007-08
  • 2-o‘rin sohibi 1988-89, 1999-00, 2001-02, 2002-03, 2003-04, 2005-06
  • Yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati (U-16) (0):
  • 1988-89, 1990-91 yillarda ikkinchi oʻrin sohibi

Voleybol

  • Milliy chempionat (7):
  • G‘olib 1988-89, 1989-1990, 1990-91, 1993-94, 1995-96, 1996-97, 2007-08
  • 2-o‘rin sohibi 1987-88, 1991-92, 2007-08

Klublar faoliyati — Xalqaro musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

OFK musobaqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

UAFA musobaqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • GCC Chempionlar Ligasi : 1 ta oʻyin
    • 2015 yil : Ikkinchi oʻrin

Oʻyinchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi jamoa tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Amplua Futbolchi
2  OMA HJ Osama Hadid
3  OMA HM Salim Al-Habsi
4  OMA HM Mohannad Al-Gheilani
5  OMA HM Hosni Al-Busaidi
9  OMA YH Haitham Al-Maharami
11  OMA HM Amjad Al-Harthi
12  OMA HM Anas Al-Farsi
14  CMR YH Andre Mengju
15  OMA HM Sultan Al-Jalabubi
19  OMA HM Mohammed Al-Dhamri
20  OMA YH Omar Al-Malki
Amplua Futbolchi
23  OMA YH Abdulaziz Al-Noufali
24  OMA HM Mohammed Saleh Al-Mukhaini
25  OMA YH Hameed Al-Gheilani
26  OMA HJ Salim Al-Farsi
30  OMA DR Ahmed Al-Saadi
31  OMA HJ Hosni Al-Hinai
35  OMA YH Abdullah Al-Shuain Al-Saadi
 OMA DR Abdulaziz Al-Owaisi
 OMA YH Azan Suroor Al-Muwaili
 NGA YH Daniel Ajibola

Xodimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Texnik xodimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Position Name
Head Coach Niderlandiya Eelco Schattorie
Assistant Coach Ummon Said AlRaqadi
Goalkeeping Coach Ummon Khalid
Team Manager Ummon Abdulmajeed Suroor Al-Maawali
Ummon Fahad Al-Habsi
Team Supervisor
Medical Director Ummon Yahya Al-Qidhi
Physiotherapist
Club Doctor

Manbalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ўзбекистон МТЖга гол урган ҳужумчи ва бошқалар: ОКМКнинг бўлажак рақиби "Ал Сиб" ҳақида нималарни билиш керак?“. 2023-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  2. „Al-Seeb“. national-football-teams.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
  3. „Seeb Club Oman“. ofa.om. Oman Football Association. 2021-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]