Ajdodlar chorlovi: Soʻgʻdiyona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Ajdodlar chorlovi: Soʻgʻdiyona“ (Зов предков: Согдиана)
Rejissyor(lar) Gʻiyos Shermuhamedov
Ssenariynavis(lar) Dmitriy Vasiliu va Gʻiyos Shermuhamedov
Rollarda Ra’no Zokirova, Furqat Fayziyev, M. Hamed Benguyettaf, Hoshim Gadoyev, Shuhrat Irgashev, Zokir Muhamedjanov
Bastakor(lar) Feliks Yanov-Yanovskiy
Studiya(lar) „Merosfilm (Meros)“
Chiqarilgan sanasi 1995
Mamlakat Oʻzbekiston Jazoir
Til ruscha
Avvalgi film Ajdodlar chorlovi: Buyuk Turon

"Ajdodlar chaqirigʻi. Soʻgʻdiyona" filmi — Oʻzbekiston va Jazoir hamkorligida rejissor Gʻiyos Shermuhamedov tomonidan suratga olingan tarixiy filmning ikkinchi qismidir, ikkinchi qismda islom dinining Oʻrta Osiyoda tarqala boshlaganligi haqida soʻz boradi.

Film dilogiyasining birinchi qismi „Ajdodlar chorlovi. Buyuk Turon“.

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR parchalanganidan keyin 90-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi 10 yilga yaqin vaqt mobaynida ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi. Shu bois rejissor Gʻiyos Shermuhamedov esa 1992-yilda oʻzining „Merosfilm“ (Meros) kinostudiyasini tashkil etadi. Suratga olish uchun homiylar qidiradi, banklardan kredit oladi. Shundan keyin Markaziy Osiyoda davlatchilikning shakllanishi, u yerda islom dini tarqala boshlagani haqida hikoya qiluvchi „Ajdodlar daʼvati“ tarixiy filmni suratga olishga kirishadi. Rejissor tarixchi va olimlar bilan hamkorlikda ssenariy ustida ishlaydi, koʻpgina tarixiy arxiv hujjatlarini qayta koʻzdan kechiradi. U Jazoirda homiy topadi, u yerda Oʻzbekistondan tashqari mazkur filmning suratga olish ishlari bilan shugʻullanadi. „Buyuk Turon“ tarixiy filmining birinchi qismi, soʻngra „Soʻgʻdiyona“ deb nom olgan ikkinchi filmini 1995-yilda suratga olishga sazovor boʻlgan[1].

„Ajdodlar chorlovi“ va uning davomi Soʻgʻdiyona" filmi Samarqandda suratga olingan[2].

Filmning qisqacha mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu tarixiy filmning ikkinchi qismida VIII asr voqealari haqida batafsil yoritib berilgan[3]. Hikoya birinchi qismi singari  savdogar Zemarx nomidan, aynan oʻsha makondan hikoya qilinadi. Ammo hozir bu yer yuzida butunlay boshqacha voqealar sodir boʻlmoqda. Bizning oldimizda Soʻgʻd hukmdori Ixshid Gurekning Samarqand devorlari yaqinida qarorgoh qurgan Umaviylar xalifaligi arab qoʻshinlariga qarshi kurashining dramatik epizodlari ochiladi. Arablar uchun muborak Soʻgʻd diyori shunchaki „Movoraunnahr“ — „ikki daryo oraligʻida“ degan maʼnoni bildiradi. Xalifalik hokimi arab Qutoyba ibn Muslim zoʻrlik va ayyorlik bilan zardushtiylarni[4] yaqinda paydo boʻlgan, lekin yashin tezligida yangi eʼtiqod sanalmish islom diniga daʼvat qiladi. Soʻgʻd ixshidi Gurek yangi dinga ochiqdan-ochiq qarshi chiqadi. Boshqa soʻgʻd hukmdori esa Afshin Devashtich bosqinchilarga nisbatan moslashuvchan, ikki tomonlama siyosat yuritishga udaydi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Furqat Fayziyev — Aspanzat / Nurullah
  • Rana Zakirova — Çatisa
  • M. Hamed Benguyettaf — Qutayba ibn Muslim
  • Haşim Gadayev — Ixshid Gurek
  • Shuhrat Irgashev — Zemarx[5] (rivoyatchi, VIII-asr soʻgʻd savdogari)
  • Abdelhamid Shabuni — Afshonalik Devashtich
  • Zokir Muhamedjanov — Navimoh

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]