Shuhrat Ergashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shuhrat Ibrohimovich Ergashev (19-may 1945, Toshkent) — kinoaktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1968). 1968–70 yillar M.Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida ishlagan. 1970–95 yillar "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida aktyor. Ijobiy va salbiy rollarni bir xil mahorat bilan oʻynagan. Ergashev oʻz qahramonlarining qaygʻualamlari, ularning ichki tugʻyoni, raqibga qarshi kurashdagi psixologik kechinmalarini yetkazishda oʻziga xos ijro uslubi bilan ajralib turadi. "Nafosat" (rej. E. Eshmuhamedov) filmidagi Shuhrat roli ekranda yaratgan ilk obrazidir. Shuhrat ("Sevishganlar"), Mauzer ("Qoʻmondonning qaytishi"), Anvar ("41 yil olmalari"), Ubaydulla ("Qora konsulning halokati"), Talaba ("Integral"), Sherzod ("Semurgʻ"), Aziz ("Seni kutamiz yigit"), Abdurahmon ("Zulmatni tark etib"), Temur ("Uchar yigit") kabi rollari bilan shuhrat qozongan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil