Devashtich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Devashtich, Divashti, Divasti — Soʻgʻdning muhim viloyatlaridan biri boʻlgan Panch (Panjikent) hokimi (708722), qoʻzgʻolon rahbari. Soʻgʻd podshosi Tarxunning bolalariga homiylik qilgan. D. Samarqand taxtiga oʻtirgan Gʻurakpn tan olmagan, taxtning qonuniy vorisi — Tarxunning kichik yoshli oʻgʻli nomidan oʻzini Soʻgʻd podshosi deb eʼlon qilgan. Soʻgʻdda qoʻsh hokimiyatchilik vujudga kelgan. 719—722 yillar arab istilosiga qarshi qoʻzgʻolonda D.ning oʻrni katta (qarang Devashtich qoʻzgʻoloni). D. SoʻgʻdChoch-Fargʻona harbiy ittifoqini tuzishga harakat qilgan. D.ning shu maqsadda elchi orqali Chochga yuborgan maktubi, Choch elchisining esa D.ga yozgan maktubi bizgacha yetib kelgan. D. usta diplomat sifatida arablar (Xuroson noibi) bilan ham yozishmalar olib borgan. Arablar D. qoʻzgʻolonini bostirish chogʻida Mugʻ qalʼasit yashirinib yotgan D.ni xiyonatkorona ravishda asir olishib, Rabinjon yaqinidagi zardushtiylar qabristonida (xochga tortib) qatl qilishgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil