Kontent qismiga oʻtish

Afgʻonistonning maʼmuriy boʻlinishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afgʻoniston ma’muriy-hududiy jihatdan 34 ta viloyatga (ولايت, wilåyat) boʻlinadi. Viloyatlar ham oʻz navbatida tumanlarga boʻlinadi. Viloyatlar Afgʻoniston prezidenti tomonidan tayinlangan hokimlar tomonidan boshqariladi. Parlament yuqori palatasida har bir viloyatdan ikki nafardan vakil boʻladi. Ulardan biri viloyat kegashi tomonidan toʻrt yil muddatga, ikkinchisi tuman kengashlari tomonidan uch yil muddatga saylanadi. Umumiy palata (parlament quyi palatasi)ga deputatlar tumanlardan saylanadi. Har bir viloyatdan saylangan deputatlardan kamida ikkitasi ayol kishi boʻlishi kerak. Ular Afgʻoniston prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Afgʻoniston ma’muriy-hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyat dariy/pushtu tilida ISO 3166-2 Maʼmuriy markazi Aholisi,
(2016 — 2017) kishi
Maydoni,
km²
Zichligi,
kishi/km²
1 Badaxshon Badakhshān بدخشان BDS Fayzobod Fayābād / Fayābād 966 789 44 059 20,08
2 Badgʻis Bādghīs بادﻏﻴﺲ BDG Qal’ayi Nav Qala i Naw 504 185 20 591 25,36
3 Bagʻlon Baghlān بغلان BGL Puli Xumri Pol-e Khomrī 926 969 21 118 38,81
4 Balx Balkh بلخ BAL Mozori Sharif Mazār-e Sharīf 1 353 656 17 249 68,50
5 Bomiyon Bāmiyān بامیان BAM Bomiyon Bāmīān 454 643 14 175 29,01
6 Daykundi Dāykondī ﺩﺍﻳﻜﻨﺪﻱ DAY Nili Nīlī 468 178 8 088 50,69
7 Farah Farāh فراه FRA Farah (shahar) Farāh 515 973 48 471 10,07
8 Faryob Fāryāb فارياب FYB Maymana Meymaneh 1 013 535 20 293 47,02
9 Gʻur Ghowr غور GHO Chagʻcharon Chaghcharān 701 653 36 479 18,65
10 Hilmand Helmand هلمند HEL Lashkargoh Lashkar Gāh 942 037 58 584 14,67
11 Hirot Herāt هرات HER Hirot Herāt 1 928 737 54 778 32,76
12 Juzjon Jowzjān جوزجان JOW Shibirgʻon Sheberghān 549 900 11 798 40,39
13 Kapisa Kāpīsā کاپیسا KAP Mahmud-i Raqi Mahmūd-e-Rāqī 448 245 1 842 217,64
14 Kobul Kābul کابل KAB Kobul Kābul 3 839 580 4 462 790,68
15 Kunar Konar / Kunar کُنَر / کونر KNR Asadobod Asadābād 458 130 4 942 84,44
16 Lagʻmon Laghmān لغمان LAG Mehtarlam Mehtarlām 452 942 3 843 114,75
17 Luvgar Lowgar لوګر LOG Puli Alam Pol-e 'Alam 398 535 3 880 105,64
18 Nangarhor Nangarhār ننگرهار NAN Jalolobod Jalālābād 1 545 448 7 727 196,72
19 Nimroʻz Nīmrūz نیمروز NIM Zaranj Zaranj 167 873 41 005 3,78
20 Nuriston Nūrestān نورستان NUR Parun Parun 150 391 9 225 14,31
21 Paktika Paktīkā پکتیکا PKA Sharan Sharan 448 843 19 482 22,53
22 Paktiyo Paktīā لویه پکتیا PIA Gardiz Gardīz 561 200 6 432 85,57
23 Panjsher Panjshīr پنج شیر PAN Bozorak Bāzārak 156 001 3 610 40,00
24 Parvon Parvān پروان PAR Chorikor Chārīkār 675 975 5 974 105,37
25 Qandahor Kandahār قندھار KAN Qandahor Kandahār 1 252 786 54 022 19,81
26 Qunduz Kondōz / Kunduz كندوز KDZ Qunduz Kondōz 1 029 473 8 040 121,67
27 Samangan Samangān سمنگان SAM Oybek Āybak 394 887 11 262 30,64
28 Saripul Sar-e Pol سر پل SAR Saripul Sar-e Pol 569 046 15 999 32,16
29 Toxar Takhār تخار TAK Toliqon Tāloqān 1 000 939 12 333 75,41
30 Vardak Vardak وردک WAR Maydonshahr Meydān Shahr 606 077 8 938 65,09
31 Xost Khowst / Khost خوست KHO Xost Khowst 584 075 4 152 131,45
32 Zobul Zābol زابل ZAB Qalat Qalāt 309 192 17 343 18,46
33 Uroʻzgon Orūzgān اروزگان URU Tarinkot Tarīn Kowt 356 354 22 696 15,09
34 Gʻazni Ghaznī غزنى GHA Gʻazna Ghaznī 1 249 736 22 915 47,65
Jami 27 651 745 645 807 36,98

Afgʻonistonning sobiq viloyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy viloyat – 1964 – yilda tugatiladi va oʻrnida Paktiya viloyati tashkil etildi. • Afgʻon Turkistoni viloyati – 1929 va 1946 – yillarda boʻlib yuboriladi. • Qatagʻon-Badaxshon viloyati – 1963 – yilda Badaxshon va keyinchalik oʻsha yilning oʻzida boʻlib yuborilgan Qatagʻon viloyatlariga boʻlib yuboriladi. • Qatagʻon viloyati – 1963 – yilda Bagʻlon, Qunduz hamda Toxar viloyatlariga boʻlib yuboriladi. • Sharqiy viloyat – 1964 – yilda tugatiladi va oʻrnida Nangarhor viloyati tashkil etildi. • Farah-Chakansur viloyati – 1964 – yilda Farah va Nimroʻz viloyatlariga boʻlib yuboriladi. • Mozori Sharif viloyati – 1964 – yilda Balx va Juzjon viloyatlariga boʻlib yuboriladi. • Maymana viloyati – 1964 – yilda Badgʻis va Faryob viloyatlariga boʻlib yuboriladi.