Achitqidoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Achitqidoshlar, turushdoshlar (Saccharomycetaceae) — xaltachalilar sinfining bir hujayrali zamburugʻlar oilasi. Koʻpchiligi kurtaklanib, ayrimlari boʻlinib urchiydi. Maʼlum sharo-itda ularda sporali xaltachalar yuzaga keladi. Hujayralari juda mayda, faqat mikroskop yordamida koʻrish mumkin, anaerob sharoitda qand moddalarining spirtli achishiga sabab boʻladi, bunda qand moddalari etil spirt bilan karbo-nat angidridga ajraladi. A. qadimdan xamir, pivo, vino (may) va spirt tayyor-lashda qoʻllanib kelingan. Oqsil, yogʻ va turli vitaminlarga boy boʻlganligidan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil