Kurtaklanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kurtaklanish — vegetativ koʻpayish xillaridan biri. K.da ova organizmda hosil boʻlgan kurtak—oʻsimtadan yangi organizm rivojlanadi. K. ayrim xaltachali zamburugʻlar, bir qancha bazidiyali zamburugʻlar, shuningdek, gulli oʻsimliklar va jigarsimon yoʻsinlar uchun xos. Hayvonlar orasida K. orqali koʻpayish gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, ayrim infuzoriyalar, halqali chuvalchanglar, mshanklar, qanotjabralilar va qobiqlilar uchun xos. Hayvonlarda K. tashqi va ichki boʻladi. Tashqi K. pariyetal (kurtak ova organizm tanasida hosil boʻladi) va bachki tanali (kurtaklar maxsus bachki — oʻsimtalarda hosil boʻladi) xillarga ajratiladi (mas, ayrim boʻshliqichlilar va qobiqlilarda). Ichki K.da yangi individ ova organizm tanasining ichida, uning ixtisoslashgan qismi hisobidan hosil boʻladi. Gʻovaktanlilarning gemmulasi, mshankalarning statoblasti ichki K. orqali paydo boʻladi. Himoya qobigʻiga ega boʻlgan kurtaklar noqulay sharoit (qishki sovuq, qurgʻoqchilik)da ova organizm nobud boʻlganida turning saqlanib qolishiga imkon beradi. Bir qancha hayvonlarda K. nihoyasiga yetmaydi va yosh organizm ova organizmdan ajralib ketmasligi tufayli koloniya hosil boʻladi. Ova organizmga har xil omillar (mas, kesish, kuydirish) taʼsir ettirib, sunʼiy K. paydo qilish mumkin. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil