Abu Nasr ibn Iroq Mansur ibn Ali (960 — 1036) — xorazmlikriyoziyotchi va falakiyotshunosolim. XorazmshohsaroyidagiAbu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masixiy, Abulxayr Hammor va Abu Rayhon Beruniy kabi olimlar bilan muloqatda boʻlgan. Xorazmshoh Abulabbos Maʼmunga bagʻishlab "Kitob fi kuriyya as-sama" ("Samoning shar shaklida ekani haqida kitob"), "Risola filhalli shubhaten arazat fil-maqolat as-solis ashara min kitob al-usul" ("Negizlar" kitobining oʻn uchinchi maqolasida yuz bergan shubxani hal qilish haqidagi risola"), "Risola fi sana al-usturlob bit-tariq assi na i ila Abi Abdallax Muhammad ibn Ali al-Maʼmuni" ("Abu Abdilloh Muhammad ibn Ali al-Maʼmunga usturlobnisanʼat usulida yasash haqida yuborilgan risola") kabi asarlar yozgan. Oʻz davrida "Batlimusi soniy" ("Ikkinchi Ptolemey") degan faxriy nom olgan.
Матвиевская Г. П., Тллашев Х. Сочинения Абу Насра ибн Ирака о сферике. В кн.: Из истории средневековой восточной математики и астрономии. Ташкент: Фан, 1983, с. 82-171.