Jayhoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jayhoniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad (10-asr) — olim, Somoniyyaar amiri Nasr ibn Ahmadniyat (914—943) vaziri. Falsafa, astrologiya, astronomiyani qunt bilan oʻrgangan, geogr.ga oid bir qancha asar yozgan. "Kitob almasolik val-mamolik"("Yillar va mamlakatlar haqida kitob") nomli asari haqida maʼlumotlar bor, xolos. Arab geografi al-Masʼudiyning yozishicha, bu asarda shaharlar, dengiz va daryolar, shuningdek, turli xalqlar haqida maʼlumotlar berilgan, turli-tuman rivoyatlar va voqealar hikoya qilingan. Bu asardan Sharqning koʻp olimlari, jumladan Beruniy ham foydalangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil