Tunkat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Tunkat xarobasi

Tunkatoʻrta asr shahar xarobasi (mil. 512-asrlar). Ohangaron daryosi havzasida joylashgan. M. Ye. Massoy (192934) va Yu. F. Buryakov (195962) tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Umumiy maydoni 50 ga. Ark, shahriston va raboddan iborat boʻlib, atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan. T. oʻrnidagi qishloq 5-asr boshlarida chorvador qabilalarning oʻtroqpashishi tufayli vujudga kelgan. 6-asrga kelib qishloq shaharga, 6-asr oxirida esa Iloq poytaxtiga aylangan. Qoramozor togʻlarida oltin va kumush konlari mavjuddigi T.ning tez taraqqiy etishiga imkon bergan. T. arkida hokim saroyi, masjid qurilgan. Shahriston va raboddan koʻplab metall, shisha va sopol buyumlarning topilishi, T.da hunarmandchilik rivoj topganidan darak beradi. T.dan, shuningdek, zebziynat buyumlari, qurolyarogʻlar va koʻplab tangalar topilgan. T.ning oʻz zarbxonasi boʻlgan. Qoraxoniylar bilan kurash, qazilma boyliklarining tugab qolishi va T.ning savdo yoʻlidan chetga chiqib qolishi natijasida 11-asrning 2yarmidan shahar tanazzulga uchragan. 12-asrdan T. kimsasiz, tashlandiq holga kelib qolgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Массон М.Е., Ахангеран. Археолого-топографический очерк, Т., 1953;
  • Буряков Ю.Ф, Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса, T., 1982.