Nasr Ibn Ahmad (hukmdor)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nasr Ibn Ahmad, Nasr II Ibn Ismoil Somoniy (taxminan 906—943) — Somoniylar davlati hukmdori (914— 943). Davlatni 8 yoshli N. ibn A. nomidan vazir Jayhoniy boshqargan. Bu davrda somoniylar sulolasi ichida taxt uchun kurashlar kuchaygan. N. ibn A. taxtga oʻtirishi bilan amakisi Ishoq qoʻzgʻolon koʻtargan. Hartangda N. ibn A. va Ishoq qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Jangda Ishoq qoʻshini yengilgan. Xuroson va Nishopurda somoniylarga qarshi shialar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan. Shialar targʻiboti shu qadar avj olganki, xatto N. ibn A.ning oʻzi ham shia mazhabini qabul qilishga majbur boʻlgan. Bundan norozi boʻlgan sun-niy ruhoniylar turk gvardiyasi yordamida N. ibn A.ga qarshi fitna uyushtirishgan. Bundan xabar topgan N. ibn A. fitnani fosh etib, oʻz oʻgʻli Nuh foydasiga taxtdan voz kechgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil