Nasr Ibn Ahmad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nasr Ibn Ahmad, Nasr I ibn Asad Somoniy (taxminan 848 — 893) — somoniylar sulolasi boshligʻi, Samarqand hokimi (865—892). N. ibn A. Norin daryosi boʻyidagi Haylam qishlogʻida tu-gʻilgan. 874 i. Xuroson hukmdori Muhammad ibn Tohirning ukasi Husayn ibn Tohir Buxoroga bostirib kelgan. Buxoro xalqi zulmga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan va N. ibn A. huzuriga elchilar joʻnatib, somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga xrkim qilib yuborishni soʻragan. N. ibn A. uz ukasi Is-moil Comohuuww Buxoroga noib qilib yuborgan. Shundan soʻng N. ibn A. oʻzini butun Movarounnaxr boshligʻi deb bilgan va kumush dirhamlar zarb kildirgan (ilgari dirham tangalar zarb qilishga faqat tohiriylarnmng huquqi bor edi). Ismoil boʻlsa, akasiga itoat etmay qoʻygan va ular oʻrtasida 888 yil toʻqnashuv boʻlib N. ibn A. qoʻshinlari butunlay tor-mor keltirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil