Abdulaziz Yoʻldoshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulaziz Daminovich Yoʻldoshev (1921.8.11, Andijon viloyati, Xonobod shahri — 1968.16.9, Andijon) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, leytenant. 8-oʻqchi diviziyaning 229-polki, 6-oʻqchi rotasining komandiri. 1940 yildan armiya safida. Stalingrad jangida, Kursk ostonalaridagi jangda va boshqalar bir qancha shaharlarning mudofaa janglarida qatnashgan. Ikki marta ogʻir yarador boʻlgan. Dnepr daryosini kechib oʻtishda mislsiz jasorat koʻrsatgan Yoʻldoshev Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943, 16-oktabr). Urushdan keyin Andijonda artel raisi, paxta tozalash zavodida direktor oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan. Xonobod va Andijondagi koʻcha hamda Andijondagi 45-maktabga uning nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil