Bryansk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bryansk — RFdagi shahar, Bryansk viloyatining maʼmuriy markazi. Desna sohilida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 460,5 ming kishi (1997). B.dastlab 1146 yilgi solnomada tilga olinadi. B. yirik industrial va madaniy markaz. B.da mashinasozlik, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjalygi mashinasozligi zavodlari va metallsozlik yetakchi oʻrinda. Qurilish materiallari (silikat gʻisht, temirbeton buyumlari zavodlari, gʻishtohak k-ti va boshqalar), yengil (kamvol k-ti, kanoptola fkalari va boshqalar), oziq-ovqat (un va goʻsht k-tlari, sut zavodi va boshqalar), kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. B.da 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, 2 muzey bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil