Abd al-Malik I (Somoniy)
Abd al-Malik I (Somoniy); Abdulmalik ibn Nuh (944-961) - Movarounnahr hukmdori (954/5 - 961/2); somoniylar amiri (954–961). Somoniylar sulolasidan.
Otasi Nuh ibn Nasr vafotidan keyin oʻn yoshida taxtga oʻtiradi. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush Abd al-Malik davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abd al-Malik davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland boʻlgan. Masalan, buyuk hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obroʻsi oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlatmoqchi boʻlgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abd al-Malik chavgon oʻynab turib, otdan yiqilib halok boʻladi.[1]
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar[tahrir]
Somoniylar sulolasi | ||||
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |