Muntasir Ismoil
Muntasir Ismoil ibn Nuh Abu Ibrohim (? — 1005) — Somoniylardan. Sulolaning oxirgi hukmdori. Abdulmalik ibn Nuhning (999—1000) birodari. 1000-yil ilikxonlardan Nasr Ismoil bilan Abdulmalikni tutib Oʻzganda zindonga tashlagan. Ismoil bir xotin qiyofasida zindondan qochib, Buxoroda yashirinib yurgan, Xorazmga borib Somoniylarning qolgan-qutgan askarlarini toʻplab oʻziga „Muntasir“ („Gʻolib“) degan unvon olgan va saltanatni tiklash uchun kurash boshlagan. 1000-yil Xuroson, Gʻazna, Nishopur tarafida Ilikxon, Qobus va Mahmud Gʻaznaviyga qarshi jang qilgan. Gʻazna aholisining yordami bilan Ilikxonni 2 bor magʻlubiyatga uchratgan boʻlsada, ana shu Gʻazna aholisining xiyonati tufayli 1005-yilda Mahmud Gʻaznaviydan yengilgan va qatl etilgan[1].
Muntasir Ismoilning qabri ustida 1005-yil maqbara qurilgan boʻlib, u hozirda Alambardor maqbarasi nomi bilan mashhurdir. Maqbara Turkmanistonning Astonbob qishlogʻida joylashgan[2].
Somoniylar sulolasi | ||||
|
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |