Alptegin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alp-teginGʻaznaviylar davlati hukmdori (962 – 963). G`aznaviylar sulolasidan. Andoza:G`aznaviylar davlati

Alptegin (taxminan 885-963) – somo-niylar lashkarboshisi. Nasr ibn Ahmad Somoniy davrida visoq boshi, xayl boshi, hojib darajasiga ko‘tarildi; Nuh ibn Nasr Somoniyning o‘g‘li Abdulmalik davrida Xurosonga sipohsolor etib tayinlandi. Mansur ibn Nuh Somoniy (961–976) taxtga o‘tqazilgandan ko‘p o‘tmay, Buxorodagi ba’zi amirlarning ig‘vosi bilan Mansur ibn Nuh Somoniy va A. o‘rtasida nizo kelib chiqdi; amir Mansur unga qarshi katta qo‘shin yubor-di. Oqibatda A. Xu-rosonni tark etib, Balx tarafga yo‘l oldi; ta’qib qilib kelgan Buxoro qo‘shinini Xulm darasida tor-mor keltirdi. Shundan keyin Bomi-yon, Kobul, G‘aznani egalladi (962) va o‘sha yerdan Hindistonga tez-tez hujum qilib turdi. Lekin ana shunday yurishlardan birida yo‘lda vafot etdi.[1]



Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil