2022-yilning Osiyo futbol konfederatsiyasining Futzal boʻyicha Osiyo kubogi. 2022-yilning 27-sentabrdan 8-oktabrgacha boʻlgan sanalarida Kuvayt mamlakatida boʻlib oʻtadigan 17-futzal boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi Osiyo kubigi hisoblanadi[1][2]. Ushbu futzal boʻyicha Osiyo kubogi har 2 yilda boʻlib oʻtadi, Osiyo kubogida Osiyo qitʼasining saralangan 16 ta milliy terma jamoasi chempionlik uchun 4 gurihga boʻlingan holatda kurashadi. Ushbu musobaqa pandemiya sababli bir necha bor mezbon davlat nomi oʻzgartirilgan hamda sanalari oʻtkazilish yillarida oʻzgartirishlar kiritilgan. 2020-yil Turkmanistonda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Osiyo kubogi COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yil 23-martdan 3-aprelga qadar Kuvayt davlatiga oʻtkazilishi belgilangan. Pandemiya sababli musobaqa yana boshqa yilga qoldirildi va ushbu chemponat Litvada boʻlib oʻtadigan Futzal boʻyicha Jahon chempionatiga 5 ta yoʻllanmani taqdim etishi kerak edi. Musobaqa qoldirilganligi sababli Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Litvadagi jahon chempionatiga qitʼaning eng kuchli 5 ta Osiyo Futzal Milliy terma jamoalari yubordi. 2021-yil 5-iyuldagi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qaroriga binoan 17-Futzal boʻyicha Osiyo chempionati 27-sentabrdan 8-oktabrga qadar Kuvayt mamlakatida oʻtkazilishi belgilandi.
Osiyo Kubogida qatnashuvchi 15 ta jamoaning saralash oʻyinlari Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tamonidan dastlab 2021-yilning 13-24 oktabr sanalarida oʻtkazilishi belgilangan[3], keyinchalik saralash kunlari 2022-yil 1-15 aprel kunlariga oʻzgartirildi. Saralash musobaqalari 4 ta zona boʻyicha tashkil etildi. Markaziy va Janubiy zonasi, ASEAN zonasi, Sharqiy zonasi hamda Janubiy-Gʻarbiy zonalarga ajratilgan[4]. Osiyo kubogining saralash musobaqalari qur’a tashlash marosimi 2022-yilning 6-yanvar sanasida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shaxridagi OFK qarorgohida onlayn tarzda boʻlib oʻtdi[5].
Futzal boʻyicha Osiyo kubogida 15 ta Osiyo milliy terma jamoa saralash musobaqasi orqali yoʻllanmaga egalik qildi. Kuvayt mezbon davlat sifatida 1 ta yoʻllanma egasi hisoblanadi. 17-Osiyo futzal chempionatida saralash musobaqalarida Eron, O'zbekiston va Yaponiya millliy terma jamoalari oʻz gurihlarida yuz foizlik natija bilan yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Musobaqa saralash oʻyinlari Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qirg'iziston mamlaktalrida boʻlib oʻtdi. Saralash musobaqalarida umumiy jami 52 ta oʻyin oʻtkazildi va barcha futzal oʻyinlarida umumiy 377 ta gol kiritilgan. Har bir oʻyinga oʻrtacha 7.25 ta gol toʻgri keldi. Saralash musobaqalarida yaqqol toʻp urar futzalchi Tailand Futzal millliy termaa jamoasi aʼzo Muhammad Osamanmusa boʻldi. U saralash musobaqalarida 6 ta oʻyinda jami 11 ta gol kiritdi. Keyingi oʻrinlarda esa Indoneziya Futzal Millliy terma jamoasi uch aʼzo Ardiansyah (9 ta gol), Holypaul Soumilena (8 ta gol) va Syauqi Saud (6 ta gol) futzalchilar boʻldi.
Ishtirok etuvchi futzal milliy terma jamoalarining natijalari
Har bir guruhda eng yaxshi natija koʻrsatgan 2 ta millliy terma jamoa chorak finalga yoʻl oladi. Jamoalar gʻalaba uchun 3 (ochko), durang uchun 1 (ochko) va magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Agarda guruh bosqichida jamoalarning toʻplagan ochkolari teng boʻlib qolsa (reglament ketma ketligiga binoan), avvalo teng boʻlib qolgan jamoalarning oʻzaro oʻyinlari natijasi, jamoalar oʻrtasida urilgan va oʻtqazib yuborilgan toʻplar farqi, oʻzaro oʻyinlarda urilgan gollar farqi, umumiy oʻyinlardagi toʻplar farqi, tengma tenglik davom etsa yana ikkala jamoalarnng ogohlantirishlar (qizil va sarqi kartochkalar) soniga qaraladi. Ikkita tengma teng jamoalar oʻrtasida farq yuqoridagicha saqlanib qolsa oʻzaro qur’a tashlash orqali gʻolib aniqlab olinadi. Guruh bosqich oʻyinlari yakunlangach chorak final oʻyinlar 8 ta jamoa oʻrtasida olib boriladi, pley off bahslaridan asosiy daqiqalarda gʻolib anilqanmasa va qoʻshimcha daqiqalarda ham anilqanmsa penaltilar seriyasidan foydalaniladi. Asosiy daqiqalarda gʻolib aniqlanmasa qoʻshimcha daqiqalar faqatgina uchinchi oʻrin uchun boʻlgan bahsdan foydalanilmaydi, asosiy vaqt tugashi bilan penaltilar seriyasiga murojat qilinadi.
Futzal boʻyicha 17-Osiyo kubigi musobaqasiga 2022-yil 25-may sanasida Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi[6]. Jamoalar oʻzaro A, B, C va D guruhlarihga boʻlingan holatda musobaqada ishtirok etadi[7].