AFC Futzal Osiyo Kubogi 2022

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(2022 AFC Futsal Asian Cupdan yoʻnaltirildi)
2022-yilgi futzal boʻyicha Osiyo kubogi
2022 AFC Futsal Asian Cup
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Quvayt bayrogʻi Quvayt
Sana 27-sentabr 8-oktabr 2022-yil
Jamoalar 16 ta milliy terma jamoa. Quvayt bayrogʻi Quvayt (H) Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Eron bayrogʻi Eron Livan bayrogʻi Livan Yaponiya bayrogʻi Yaponiya Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Bahrayn bayrogʻi Bahrayn Iroq bayrogʻi Iroq Vyetnam bayrogʻi Vyetnam Oman bayrogʻi Ummon Indoneziya bayrogʻi Indoneziya Tailand bayrogʻi Tailand Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi
2018
2024

2022-yilning Osiyo futbol konfederatsiyasining Futzal boʻyicha Osiyo kubogi. 2022-yilning 27-sentabrdan 8-oktabrgacha boʻlgan sanalarida Kuvayt mamlakatida boʻlib oʻtadigan 17-futzal boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi Osiyo kubigi hisoblanadi[1][2]. Ushbu futzal boʻyicha Osiyo kubogi har 2 yilda boʻlib oʻtadi, Osiyo kubogida Osiyo qitʼasining saralangan 16 ta milliy terma jamoasi chempionlik uchun 4 gurihga boʻlingan holatda kurashadi. Ushbu musobaqa pandemiya sababli bir necha bor mezbon davlat nomi oʻzgartirilgan hamda sanalari oʻtkazilish yillarida oʻzgartirishlar kiritilgan. 2020-yil Turkmanistonda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Osiyo kubogi COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yil 23-martdan 3-aprelga qadar Kuvayt davlatiga oʻtkazilishi belgilangan. Pandemiya sababli musobaqa yana boshqa yilga qoldirildi va ushbu chemponat Litvada boʻlib oʻtadigan Futzal boʻyicha Jahon chempionatiga 5 ta yoʻllanmani taqdim etishi kerak edi. Musobaqa qoldirilganligi sababli Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Litvadagi jahon chempionatiga qitʼaning eng kuchli 5 ta Osiyo Futzal Milliy terma jamoalari yubordi. 2021-yil 5-iyuldagi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qaroriga binoan 17-Futzal boʻyicha Osiyo chempionati 27-sentabrdan 8-oktabrga qadar Kuvayt mamlakatida oʻtkazilishi belgilandi.

Saralash oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo Kubogida qatnashuvchi 15 ta jamoaning saralash oʻyinlari Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tamonidan dastlab 2021-yilning 13-24 oktabr sanalarida oʻtkazilishi belgilangan[3], keyinchalik saralash kunlari 2022-yil 1-15 aprel kunlariga oʻzgartirildi. Saralash musobaqalari 4 ta zona boʻyicha tashkil etildi. Markaziy va Janubiy zonasi, ASEAN zonasi, Sharqiy zonasi hamda Janubiy-Gʻarbiy zonalarga ajratilgan[4]. Osiyo kubogining saralash musobaqalari qur’a tashlash marosimi 2022-yilning 6-yanvar sanasida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shaxridagi OFK qarorgohida onlayn tarzda boʻlib oʻtdi[5].

Saralashda qatnasha olmagan jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy zona Markaziy va Janubiy zona Sharqiy zona ASEAN zona

Iordaniya bayrogʻi Iordaniya Qatar bayrogʻi Qatar Suriya bayrogʻi SuriyaYaman bayrogʻi Yaman

Bangladesh bayrogʻi Bangladesh Butan bayrogʻi Butan Hindiston bayrogʻi Hindiston Pokiston bayrogʻi Pokiston Shri Lanka bayrogʻi Shri Lanka

Guam bayrogʻi Guam Makao bayrogʻi Makao Shimoliy Koreya bayrogʻi KXDR Xitoy bayrogʻi Xitoy

Laos bayrogʻi Laos Filippin bayrogʻi Filippin Singapur bayrogʻi Singapur

Markaziy va Janubiy zona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy va Janubiy zonasida A va B gurihlariga boʻlingan va gurihda birinchi, ikkinchi oʻrinni egallagan 4 ta jamoa qitʼa chempionatida qatnashadi. Markaziy va Janubiy zonasida O'zbekiston, Eron, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Nepal, Maldiv orollari va Afg'oniston futzal milliy terma jamolari A va B gurihga boʻlingan holda qatnashdi.

Qur'a oldi savatchalarda jamoalarning taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha 4 savatcha
Eron bayrogʻi Eron Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston Nepal bayrogʻi Nepal
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston Maldivalar bayrogʻi Maldiv

Markaziy va Janubiy zonasining A va B gurihlaridan oʻrin olgan saralash oʻyinlari 2022-yil 10-12 aprel sanasida Qirg'izistonda boʻlib oʻtdi.

A guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yoʻllanma
1 Eron bayrogʻi Eron 3 3 0 0 28 1 −27 9 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 3 2 0 1 10 4 +6 6 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 3 1 0 2 9 12 −3 3 -
4 Maldivalar bayrogʻi Maldiv 3 0 0 3 1 31 −30 0 -
B guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yoʻllanma
1 Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 3 3 0 0 15 4 +11 9 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 3 1 1 1 17 10 +7 4 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3 Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston 3 1 1 1 13 10 +3 4 -
4 Nepal bayrogʻi Nepal 3 0 0 3 3 24 −21 0 -

Janubiy-Gʻarbiy zonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy-Gʻarbiy zonasi ushbu mintaqada saralash bosqichida umumiy 7 ta jamoa qatnashdi. Iroq, Livan, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Falastin jamolari 2 ta gurihga boʻlingan holatda kurashdi, ushbu zona oʻyinlariga Birlashgan Arab Amirliklari davlati mezbonlik qildi.

Qur'a oldi savatchalarda jamoalarning taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha 4 savatcha
Iroq bayrogʻi Iroq Bahrayn bayrogʻi Bahrayn BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari Oman bayrogʻi Ummon
Livan bayrogʻi Livan Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni Falastin bayrogʻi Falastin

Janubiy-Gʻarbiy zonaning A va B gurihi oʻyinlari 2022-yil 5-9 aprel kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtdi.

A guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yoʻllanma
1 Livan bayrogʻi Livan 3 2 1 0 11 7 +4 7 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2 Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 3 1 2 0 10 9 +1 5 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3 Oman bayrogʻi Ummon 3 0 2 1 4 5 −1 2 -
4 Falastin bayrogʻi Falastin 3 0 1 2 8 12 −4 1 -
B guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yoʻllanma
1 Iroq bayrogʻi Iroq 2 1 1 0 3 1 +2 4 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2 Bahrayn bayrogʻi Bahrayn 2 1 1 0 2 1 +1 4 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3 BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 2 0 0 3 0 3 −3 0 -

Sharqiy zona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy zona uchun umumiy 3 ta yoʻllanma ajratilgan va saralashda qatnashuvchi davlatlar soni 6 ta (Yaponiya, Xitoy Taypeyi, Koreya, Xitoy, Gon Kong va Mugʻuliston), saralash musobaqasida Xitoy futzal milliy terma jamoasi COVID-19 pandemiyasi sababli qatnashmadi. Jamoalar umumiy bitta gurihda 3 ta yoʻllanma uchun kurash olib bordi. 2022-yil 17-21 may kunlari Malayziya da saralash oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Qur'a oldi savatchalarda jamoalarning taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya Xitoy bayrogʻi Xitoy (qatnashmadi) Gon Kong bayrogʻi Gonkong
Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi Mogʻuliston bayrogʻi Mongoliya
Sharqiy Osiyo mintaqasi guruhi
Jamoa D D G OʻY TN O Yoʻllanma
1 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 4 4 0 0 42 3 +39 12 Osiyo kubogi ishtirokchisi
2 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 4 2 1 1 11 12 −1 7 Osiyo kubogi ishtirokchisi
3 Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi 4 2 0 2 13 14 −1 6 Osiyo kubogi ishtirokchisi
4 Gon Kong bayrogʻi Gonkong 4 0 2 2 6 17 −11 2 -
5 Mogʻuliston bayrogʻi Mongoliya 4 0 1 3 2 28 −26 1 -

ASEAN zonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

ASEAN iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar hamda Avstraliya davlati ushbu mintaqada umumiy 3 ta Osiyo kubigi yoʻllanmasi uchun kurash olib borildi. Jamoalar A va B guruhlariga boʻlindi, oʻz gurihlarida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar yarim finalga yoʻl oladi. A guruhida birinchi oʻrin egasi B gurihining ikkinchi oʻrin egasi bilan, B guruhi gʻolibi esa A guruhi ikkinchi oʻrin egasi bilan final yoʻllanmasi uchun kurash olib bordi. Finalda gʻalaba qozongan jamoalar toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanmaga ega chiqadi, magʻlub boʻlgan jamoalar oʻzaro bellashadi, gʻalaba qozongan jamoa uchinchi yoʻllanmagan ega chiqadi.

ASEAN zonasi jamoalari qur’a oldi savatchalarda taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha 4 savatcha 5 savatcha
Tailand bayrogʻi Tailand Malayziya bayrogʻi Malayziya Indoneziya bayrogʻi Indoneziya Avstraliya bayrogʻi Avstraliya Bruney bayrogʻi Bruney
Vyetnam bayrogʻi Vyetnam Burma bayrogʻi Myanma Sharqiy Timor bayrogʻi Sharqiy Timor Kambodja bayrogʻi Kambodja

ASEAN zonasi va Avstraliya uchun ajratilgan yoʻllanma uchun saralash oʻyinlari 2022-yil 2-10 aprel kunlari Tailandda boʻlib oʻtdi.

A guruhi
Jamoa D M SG OʻY TN O Yoʻllanma
1 Tailand bayrogʻi Tailand 4 3 1 0 35 4 +31 10 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2 Indoneziya bayrogʻi Indoneziya 4 3 1 0 30 5 −25 10 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3 Malayziya bayrogʻi Malayziya 4 2 0 2 20 15 +5 6 -
4 Kambodja bayrogʻi Kambodja 4 0 1 3 10 36 −26 1 -
5 Bruney bayrogʻi Bruney 4 0 1 3 2 37 −35 1 -
B guruhi
Jamoa D M SG OʻY TN O Yoʻllanma
1 Burma bayrogʻi Myanma 3 2 1 0 17 5 +12 7 -
2 Vyetnam bayrogʻi Vyetnam 3 2 1 0 13 3 +10 7 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3 Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 3 1 0 2 2 9 −15 −6 -
4 Sharqiy Timor bayrogʻi Sharqiy Timor 3 0 0 3 8 −24 −16 0 -

ASEAN zonasida yakunda A guruhida Tailand gʻolib chiqib B guruhi ikkinchi oʻrin egasi Vetnam bilan, B gurihi gʻolibi Myanma A guruhi ikkinchi oʻrin egasi Indoneziya bilan toʻqnash keldi. Yarim finalda Tailand 3-1 Vetnam, Myanma 1-6 Indoneziya natijalari qayd etildi. Finalda asosiy daqiqalarda Tailand bayrogʻi Tailand 2-2 Indoneziya qayd etildi, penaltilar seriyasida Tailand bayrogʻi Tailand 5-3 Indoneziya bayrogʻi Indoneziya hisobida Tailand gʻalaba qozondi. Uchinchi yoʻllanma uchun kurashda esa asosiy va qo‘shimcha daqiqalarda Myanma 1-1 Vetnam hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida Myanma 1-4 Vetnam hisobida Vyetnam bayrogʻi Vyetnam gʻalaba qozonib yoʻllanmaga egalik qildi.

Ishtirok etuvchi jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha Osiyo kubogida 15 ta Osiyo milliy terma jamoa saralash musobaqasi orqali yoʻllanmaga egalik qildi. Kuvayt mezbon davlat sifatida 1 ta yoʻllanma egasi hisoblanadi. 17-Osiyo futzal chempionatida saralash musobaqalarida Eron, O'zbekiston va Yaponiya millliy terma jamoalari oʻz gurihlarida yuz foizlik natija bilan yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Musobaqa saralash oʻyinlari Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qirg'iziston mamlaktalrida boʻlib oʻtdi. Saralash musobaqalarida umumiy jami 52 ta oʻyin oʻtkazildi va barcha futzal oʻyinlarida umumiy 377 ta gol kiritilgan. Har bir oʻyinga oʻrtacha 7.25 ta gol toʻgri keldi. Saralash musobaqalarida yaqqol toʻp urar futzalchi Tailand bayrogʻi Tailand Futzal millliy termaa jamoasi aʼzo Muhammad Osamanmusa boʻldi. U saralash musobaqalarida 6 ta oʻyinda jami 11 ta gol kiritdi. Keyingi oʻrinlarda esa Indoneziya bayrogʻi Indoneziya Futzal Millliy terma jamoasi uch aʼzo Ardiansyah (9 ta gol), Holypaul Soumilena (8 ta gol) va Syauqi Saud (6 ta gol) futzalchilar boʻldi.

Ishtirok etuvchi futzal milliy terma jamoalarining natijalari
Jamoa Yoʻllanma olgan mintaqa va natijasi Yoʻllanma qoʻlgan kiritgan vaqti Chempionatdagi ishtiroklar soni
Quvayt bayrogʻi Quvayt Gʻarbiy zona (mezbon) 25-yanvar 2021-yil 11
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy zona (B guruhi gʻolibi) 11-aprel 2022-yil 15
Eron bayrogʻi Eron Markaziy va Janubiy zona (A guruhi gʻolibi) 11-aprel 2022-yil 15
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya Sharqiy zona (zona gʻolibi) 19-may 2022-yil 15
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi Sharqiy zona (zona ikkinchi oʻrin sohibi) 19-may 2022-yil 13
Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi Sharqiy zona (zona uchinchi oʻrin sohibi) 19-may 2022-yil 12
Livan bayrogʻi Livan Gʻarbiy zona (A guruh gʻolibi) 6-aprel 2022-yil 11
Iroq bayrogʻi Iroq Gʻarbiy zona (B guruh gʻolibi) 6-aprel 2022-yil 11
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Markaziy va Janubiy zona (B guruhi ikkkinchi oʻrin sohibi) 12-aprel 2022-yil 10
Indoneziya bayrogʻi Indoneziya ASEAN zonasi va Avstraliya (ikkinchi oʻrin sohibi) 8-aprel 2022-yil 9
Tailand bayrogʻi Tailand ASEAN zonasi va Avstraliya (birinchi oʻrin sohibi) 8-aprel 2022-yil 15
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston Markaziy va Janubiy zona (A gurihi ikkinchi oʻrin sohibi) 11-aprel 2022-yil 6
Vyetnam bayrogʻi Vyetnam ASEAN zonasi va Avstraliya (uchinchi oʻrin sohibi) 10-aprel 2022-yil 5
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni Gʻarbiy zona (A guruhi ikkinchi oʻrin sohibi) 7-aprel 2022-yil 1
Bahrayn bayrogʻi Bahrayn Gʻarbiy zona (B guruhi ikkinchi oʻrin sohibi) 6-aprel 2022-yil 2
Oman bayrogʻi Ummon Gʻarbiy zona (play off sohibi) 9-aprel 2022-yil 0

Musobaqa tartiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir guruhda eng yaxshi natija koʻrsatgan 2 ta millliy terma jamoa chorak finalga yoʻl oladi. Jamoalar gʻalaba uchun 3 (ochko), durang uchun 1 (ochko) va magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Agarda guruh bosqichida jamoalarning toʻplagan ochkolari teng boʻlib qolsa (reglament ketma ketligiga binoan), avvalo teng boʻlib qolgan jamoalarning oʻzaro oʻyinlari natijasi, jamoalar oʻrtasida urilgan va oʻtqazib yuborilgan toʻplar farqi, oʻzaro oʻyinlarda urilgan gollar farqi, umumiy oʻyinlardagi toʻplar farqi, tengma tenglik davom etsa yana ikkala jamoalarnng ogohlantirishlar (qizil va sarqi kartochkalar) soniga qaraladi. Ikkita tengma teng jamoalar oʻrtasida farq yuqoridagicha saqlanib qolsa oʻzaro qur’a tashlash orqali gʻolib aniqlab olinadi. Guruh bosqich oʻyinlari yakunlangach chorak final oʻyinlar 8 ta jamoa oʻrtasida olib boriladi, pley off bahslaridan asosiy daqiqalarda gʻolib anilqanmasa va qoʻshimcha daqiqalarda ham anilqanmsa penaltilar seriyasidan foydalaniladi. Asosiy daqiqalarda gʻolib aniqlanmasa qoʻshimcha daqiqalar faqatgina uchinchi oʻrin uchun boʻlgan bahsdan foydalanilmaydi, asosiy vaqt tugashi bilan penaltilar seriyasiga murojat qilinadi.

Qur’a tashlash marosimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha 17-Osiyo kubigi musobaqasiga 2022-yil 25-may sanasida Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi[6]. Jamoalar oʻzaro A, B, C va D guruhlarihga boʻlingan holatda musobaqada ishtirok etadi[7].

Jamoalarning savatchalarda taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha 4 savatcha
Quvayt bayrogʻi Quvayt mezbon Eron bayrogʻi Eron Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi Indoneziya bayrogʻi Indoneziya
Eron bayrogʻi Eron Vyetnam bayrogʻi Vyetnam Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya Tailand bayrogʻi Tailand Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Oman bayrogʻi Ummon
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Livan bayrogʻi Livan Bahrayn bayrogʻi Bahrayn Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
A guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yo‘llanma
1 Tailand bayrogʻi Tailand (H) 3 2 1 0 11 5 +6 9 Keyingi bosqich ishtirokchisi
2 Quvayt bayrogʻi Quvayt 3 1 2 0 11 6 +5 5 Keyingi bosqich ishtirokchisi
3 Iroq bayrogʻi Iroq 3 1 1 1 9 5 +4 4 -
4 Oman bayrogʻi Ummon 3 0 0 3 3 18 -15 0 -
B guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yo‘llanma
1 Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 3 3 0 0 17 3 +14 9 Keyingi bosqich ishtirokchisi
2 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 3 2 0 1 14 11 +3 6 Keyingi bosqich ishtirokchisi
3 Bahrayn bayrogʻi Bahrayn 3 0 1 2 8 14 -6 1 -
4 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 3 0 1 2 9 20 -11 1 -
C guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yo‘llanma
1 Eron bayrogʻi Eron 3 3 0 0 24 1 +23 9 Keyingi bosqich ichtirokchisi
2 Indoneziya bayrogʻi Indoneziya 3 2 0 1 11 8 +3 6 Keyingi bosqich ishtirokchisi
3 Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi 3 0 1 2 3 15 -12 1 -
4 Livan bayrogʻi Livan 3 0 1 2 3 17 -14 1 -
D guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yo‘llanma
1 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 3 2 0 1 9 2 +7 6 Keyingi bosqich ishtirokchisi
2 Vyetnam bayrogʻi Vyetnam 3 2 0 1 8 4 +4 6 Keyingi bosqich ishtirokchisi
3 Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 3 2 0 1 7 4 +3 6 -
4 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 3 0 0 3 1 15 -14 0 -

Jamoalarning tarkib tuzulishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha 17-Osiyo kubigida har bir ishtirok etuvchi terma jamoa 14 ta futzalchini yakuniy qaydnomaga kiritishi kerak, jumladan 1tarkibda 2 ta darvozabon milliy terma jamoaning qaydnomasiga kiritilgan boʻlishi kerak. Futzalhilar Millliy terma jamoasining fuqoroligiga ega boʻlishi shart.

Stadion[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha 17-Osiyo oʻyinlari Kuvayt poytaxti El-Kuvaytning Saad Al Abdullah Hall oʻyingohida boʻlib oʻtadi.

Osiyo kubogi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha Osiyo kubigi 1996-yildan buyon muntazam ravishda oʻtkazib kelinadi. Ilk qitʼa chemponati 1996-yilda Malayziya davlatida oʻtkazilgan ushbu qitʼa chempionatida finalida Eron Janubiy Koreyani 9-1 hisobda magʻlub etib ilk chempion boʻlgan. Futzal boʻyicha Osiyo kubigida Eron bayrogʻi Eron , Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston va Yaponiya bayrogʻi Yaponiya milliy terma jamoalari muntazam ravishda ishtirok etgan. Osiyo kubigida faqatgina ikkita milliy terma jamoa chempion boʻlgan (Eron bayrogʻi Eron va Yaponiya bayrogʻi Yaponiya )[8]. Musobaqa 1996-yildan 2008-yilga qadar har yili oʻtkazilgan, 2008-yil Tailanddagi chempionatdan har ikki yilda bir marotabo oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan. 2020-yil qitʼa chempionatiga Turkmaniston mezbonlik qilishi kerak boʻlgan, ammo COVID-19 pandemiyasi sabab musobaqa oʻtkazilmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]