1958-yilgi Sport avtomobillari boʻyicha jahon chempionati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ferrari 250 TR 58 bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Porsche 718 RSK (rasmda) va 550A RS bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.
Aston Martin DBR1/300 (rasmda) va DB3S bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

1958-yilgi Sport avtomobillari boʻyicha jahon chempionati 1958-yil 26-yanvardan 13-sentyabrgacha boʻlib oʻtgan. Ushbu mavsum oltita mamlakatda bo'lib o'tgan. Tashkilotchilar tomonidan ushbu mavsumda oltita poyga o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu mavsum ramziy jihatdan sport avtomobillari jahon chempionatining oltinchi mavsumi edi.

Chempionlikni yana bir bor Ferrari jamoasi qoʻlga kiritdi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1955-yildagi Les 24 Heures du Mans va 1957 Mille Miglia avtomashinalarida sodir boʻlgan yirik baxtsiz hodisalardan soʻng, ushbu sportning boshqaruv organi FIA va uning Xalqaro Sportiv Komissiyasi (CSI) tomonidan 1958-yildagi Sports Car qoidalariga bir nechta texnik oʻzgartirishlar kiritdi. Dvigatel hajmi endi uch litr bilan cheklangan. Garchi Le Mans davom etgan boʻlsa-da, Mille Miglia boshqa hech qachon asl formatida boshqarilmadi va taqvimdan oʻchirildi, Sitsiliya Targa Florio uning oʻrniga chempionatning Italiya raundiga aylantirishga harakat qildi[1][2][3].

Maserati avtopoygalardan voz kechdi va Aston Martin, Porsche kabi asosiy raqib jamoalar esa musobaqada qoldi. Bu keyinchalik Scuderia Ferrariga mavsumda ustunlik qilish imkonini berdi, lekin oldingi mavsumlarda boʻlgani kabi, ishtirokchilarning aksariyati havaskor yoki yosh haydovchilardan iborat boʻlib, ular koʻpincha professional haydovchilarga qarshi kurashar edi. Formula 1da tajribaga ega boʻlgan poyga haydovchilari ham ushbu musobaqalarda ishtirok etishar edi.

Mavsum natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chempionat ochkolari har bir poygada birinchi oltita oʻrin uchun 8-6-4-3-2-1 tartibida berildi, RAC kubogi bundan mustasno, birinchi toʻrtlik uchun ochkolar 4-3-2-1 bilan berildi. Ferrari 32 (38) ball bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin Porschega nasib qildi.

Bosqich Sana Musobaqa Avtodrom Gʻolib poygachi Gʻolib jamoa Gʻalaba qozongan (poyga mashinasi) Natijalar
1 Yanvar 26 Argentina 1000km of Buenos Aires Autódromo Municipal-Avenida Paz Birlashgan Qirollik Peter Collins
Qoʻshma Shtatlar Phil Hill
Italiya Scuderia Ferrari Italiya Ferrari 250 TR 58 Natijalar
2 Mart 22 Qoʻshma Shtatlar 12-Hour Florida International Grand Prix of Endurance for The Amoco Trophy Sebring International Raceway Qoʻshma Shtatlar Phil Hill
Birlashgan Qirollik Peter Collins
Italiya Scuderia Ferrari Italiya Ferrari 250 TR 58 Natijalar
3 May 11 Italiya Targa Florio Circuito Piccolo delle Madonie Italiya Luigi Musso
Belgiya Olivier Gendebien
Italiya Scuderia Ferrari Italiya Ferrari 250 TR 58 Results
4 Iyun 1 Gʻarbiy Germaniya Internationales ADAC 1000 Kilometre Rennen Nürburgring Nürburgring Birlashgan Qirollik Stirling Moss
Avstraliya Jack Brabham
Birlashgan Qirollik David Brown, Aston Martin Ltd. Birlashgan Qirollik Aston Martin DBR1/300 Natijalar
5 Iyun 21-22 Fransiya 24 Heures du Mans Circuit de la Sarthe Belgiya Olivier Gendebien
Qoʻshma Shtatlar Phil Hill
Italiya Scuderia Ferrari Italiya Ferrari 250 TR 58 Natijalar
6 Sentyabr 13 Birlashgan Qirollik RAC Tourist Trophy Goodwood Circuit Birlashgan Qirollik Stirling Moss
Birlashgan Qirollik Tony Brooks
Birlashgan Qirollik David Brown Ltd. Birlashgan Qirollik Aston Martin DBR1/300 Natijalar
Oʻrin Jamoa Argentina BUE Qoʻshma Shtatlar SEB Italiya TGA Germaniya NÜR Fransiya LMS Birlashgan Qirollik TTR Jami
1[4] Italiya Ferrari[4] 8 8 8 (6) 8 32 (38)
2[4] Germaniya Porsche[4] 4 4 6 (1) 4 (1) 18 (20)
3[4] Birlashgan Qirollik Aston Martin[4] 8 6 4 18
4[4] Birlashgan Qirollik Lotus[4] 3 3
5[4] Italiya O.S.C.A.[4] 2 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://www.cavallion.com/images/samples/174-BA%20Race.pdf[sayt ishlamaydi]
  2. „World Sports Car Championship“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2016-yil.
  3. „1957 Maserati 450 S“.
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 1974 FIA Yearbook, Grey Section, Previous FIA Championship Winners, page 122

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]