Kontent qismiga oʻtish

Surinam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Суринамdan yoʻnaltirildi)
Surinam Respublikasi
Republiek Suriname
ShiorJustitia, pietas, fides
(Lotincha: Adolat, diyonat, sadoqat)
Madhiya: God zij met ons Suriname
Location of Surinam
Poytaxt Paramaribo
Rasmiy til(lar) Niderland tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Dési Bouterse
Ashwin Adhin
Mustaqillik (Niderlandlardan)
• Sana
25-noyabr 1975
Maydon
• Butun
163,270 km2 (92-oʻrin)
• Suv (%)
1.1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
438,144 (171-oʻrin)
• Zichlik 2/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$2,081 mil. (182-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$4,750
Pul birligi Surinam Dollar (SRD)
Vaqt mintaqasi UTC–3
• Yoz (DST)
UTC–3
Qisqartma NS
Telefon prefiksi 597
Internet domeni .sr

Surinam (Suriname), Surinam Respublikasi (Repudlick Suriname) — Janubiy Amerikaning shim,sharqiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 163,3 ming km². Aholisi 436,5 ming kishi (2002). Poytaxti — Paramaribo shahri. Maʼmuriy jixatdan 9 okrug (district)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surinam — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987-yil 30 sentabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Ronald Venetian), u parlament deputatlari tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan vazirlar maxkamasi (vitseprezident bosh vazir hisoblanadi) amalga oshiradi.

Surinam hududining koʻp qismi Gviana yassitogʻligida (eng baland joyi — Vilgelmina togʻi, 1280 m) joylashgan. Shimoliy payettekislik, qisman botqoqyaikdan iborat. Asosiy foydali kazilmalari: boksit, oltin rudalari, neft; shuningdek, temir rudalari, marganets, xrom, kamyob metallar (berill, niobiy, tantal) rudalari, gaz konlari ham bor. Ikdimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Yillik yogʻin 2300– 3000 mm. Koranteyn, Maroni, Surinam daryolari sersuv, serostona, faqat quyi qismida kema qatnaydi. Pasttekislikning shimoliy savanna, janubidagi va yassitogʻlikdagi laterit tuprokdarda doim yashil oʻrmonlar oʻsadi. Mamlakat hududining 90% oʻrmon bilan band. Oʻrmonlarda maymun, puma, tapir, yaguar, qushlar, sudralib yuruvchilar (jumladan, anakonda), savannada chumolixoʻr, zirhlilar va boshqa yashaydi. Braunsberg tabiiy bogʻi va bir necha qoʻriqhonalar bor.

Aholisi surinamliklar — kreollar, hind va pokistonlik, indonez, negr, indeys, xitoy, yevropalik va boshqa Rasmiy til — niderland tili. Dindorlari xristian, islom, hinduiylik dinlariga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 51%. Muhim shaharlari: Paramaribo, NivNikkeri.

Surinamda qadimdan indeyslar yashab kelgan. 1499-yil ispan dengizchisi Alonso de Oxeda bu yerga yetib kelgan. 1551-yil golland savdogarlari Surinam daryosi quyilish joyida qishloq qurishgan. 1593-yil Surinamni ispanlar, 1630-yil inglizlar, 1667-yil gollandlar bosib olgan. 1682-yil Niderlandiya hukumati Surinamni VestIndiya kompaniyasiga topshirgan, 1799-yil uni inglizlar bosib oldi. Plantatsiya xoʻjaligi tashkil qilish uchun Afrikadan qulnegrlar keltirila boshlandi. 1802-yil Amyen sulh shartnomasiga koʻra, Surinam Niderlandiyaga oʻtdi. 1863-yil Surinamda qulchilik bekor qilindi. 2-jahon urush davrida bu yerda Amerika qoʻshinlari joylashtirildi. 1945-yil 29 dekabrda Niderlandiya Qirolligi Surinamga ichki ishlar sohasida muxtoriyat huquqini berdi, tashqi siyosat va mudofaa masalalari Niderlandiya hukumati ixtiyorida qoldi. 1973-yil noyabrda Qonun chiqaruvchi kengashga oʻtkazilgan saylovda milliy partiyalar bloki gʻalaba qozondi. 1975-yil 25 noyabrda Surinam mustaqillikka erishdi. Oʻsha yil dekabrdan S—BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 25 noyabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surinam milliy partiyasi, 1946-yil asos solingan; Milliy birlik va birdamlik uchun partiya, 1947-yil tashkil etilgan; Ilgʻor islohotlar partiyasi, 1949-yil tuzilgan; Milliy demokratik partiya, 1987-yil asos solingan; Yangilangan taraqqiyparvar partiya. Ilgʻor kasaba uyushma federatsiyasi S47; Ilgʻor ishchilar tashkiloti, 1948-yil tuzilgan; Surinam kasaba uyushmalari kengashi, 1987-yil asos solingan; Davlat xizmatchilari federatsiyasi; Surinam kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1951-yil tuzilgan.

Xoʻjaligi, sanoati, transporti va iqtisodiyoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodiyotining asosini konchilik tashkil qiladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xoʻjaligi.niki 10%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 58%. Boksit qazib chiqarish sohasida dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Oltin ham qazib olinadi. Sanoati alyuminiy, shakarqand, yogʻ, margarin ishlab chiqarish., taxta tilish, yogʻochsozlik, konserva korxonalaridan iborat. Yiligaoʻrtacha 1,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Surinam hududining 1%dan kamroqerida dehqonchilik qilinadi. Asosiy qishloq xoʻjaligi. ekinlari: sholi, shakarqamish, banan, sitrus mevalar, kokos yongʻogʻi, sabzavot. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Baliq va krevetka ovlanadi.

Transport yoʻli uzunligi 301 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 4,5 ming km. Asosiy dengiz portlari — Paramaribo va Mungo. Surinam chetga boksit, alyuminiy oksidi va alyuminiy, sholi, sitrus mevalar, yogʻochtaxta sotadi; chetdan xom ashyo, chala tayyor mahsulotlar, sanoat uskunalari, transport vositalari, yoqilgʻi, oziqovqat sotib oladi. AQSH, Niderlandiya, Norvegiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — surinam guldeni.

1976-yil 6—7 yohdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda 5— 6 yil Davlatga qarashli maktablarda oʻqish bepul, xususiy oʻquv yurtlari ham bor. Darslar kreol, niderland, ingliz tillarida olib boriladi. Pedagog kadrlar 1 pedagogika va 2 oʻqituvchilar institutida tayyorlanadi. Paramariboda Surinam universiteti (1968-yildan), Tropiklar ilmiy tadqiqot instituti, Madaniyat markazi (kutubxonasi bilan), Surinam muzeyi (kutubxonasi bilan) ishlaydi.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Vare tayd" ("Xaqiqiy vaqt", kundalik gazeta, 1957-yildan), "Vest" ("Gʻarb", kundalik gazeta, 1909-yildan), "Omxoog" ("Choʻqqi", katolik xaftanoma, 1955-yildan). Surinam axborot agentligi (SNA), milliy axborot mahkamasi, 1977-yil asos solingan; "Stixting RadioOmrup Suriname", hukumat tijorat xizmati, 1965-yil tuzilgan. "Surinamse Televisi Stixting", hukumat telekoʻrsatuv tijorat xizmati, 1965-yil tashkil etilgan.

Surinam va niderland tilida rivojlanayotgan adabiyotini X. Sxauten (18-asr), Y. King (19-asr) kabi shoirlar boshlab berishgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Surinam tili taqiqlandi, yarim asr mobaynida faqat niderland tilidagi asarlar nashr etiddi. A. Xelmanning hikoya va romanlari, A. de Komning sheʼrlari yuzaga keldi. 40y.larda Surinam tilini tiklash harakati boshlandi. Maʼrifatparvar I.A. Kunders xalqning milliy ongini uygotish uchun kurashdi. Shoirlardan A. Sangodaryoning "Kurash", K. Verlogenning "Porloq inqilob" toʻplamlari, R. Dobruning sheʼrlari ijtimoiy muammolarni koʻtarib chiqdi. B. Vyanen, L. Van Myulirning qissa, hikoya va romanlari yeshlar hayetini, L. G. Ferrir, Rita Raman va Dobru asarlari Surinam xalqining mustaqillik yoʻlidagi kurashini aks ettiradi.[1]

  1. "Surinam" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil