Álvaro Arbeloa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alvaro Arbeloa
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Álvaro Arbeloa Coca
Tavallud sanasi 17-yanvar 1983-yil (1983-01-17) (41 yosh)
Tavallud joyi Salamanka, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 183 sm
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Álvaro Arbeloa Real Madrid
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995—2000
2000-2003
Saragosa
Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2006
2004—2005
2006
2007—2009
2009 — hz.
Real Madrid B
Real Madrid
Deportivo
Liverpul
Real Madrid
(84 (0)
2 (0)
20 (0)
66 (2)
82 (2))
Milliy terma jamoa
2001
2001
2005
2008 — hz.
Ispaniya U-17
Ispaniya U-19
Ispaniya U-21
Ispaniya
(1 (0)
5 (0)
1 (0)
41 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alvaro Arbeloa Koka (ispancha: Álvaro Arbeloa Coca; 17-yanvar 1983, Salamanka) — ispaniyalik fubolchi, Real Madrid va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alvaro ancha yosh vaqtida "Real" tarkibiga qoʻshildi va oʻsha vaqtdagi murabbiy Rafael Benites boshqarayotgan jamoaning oʻsmirlar tarkibida faoliyatini boshladi. Vaqt oʻtib, u oʻrinbosarlar tarkibida asosiy oʻyinchiga aylandi va ikki marta birinchi jamoa tarkibida ham oʻynadi, ammo u yerdagi joyini ushlay olmadi. 2006-yil 24-iyulda Arbeloa „Deportivo“ jamoasiga oʻtdi va jamoani almashtiridan maqsad koʻproq oʻyin tajribasiga ega boʻlishlik bilan izohladi.
Tez orada u „Liverpul“ jamoasi eʼtiboriga tushdi va 2007-yil 31-yanvarda angliyaliklar safiga borib qoʻshildi[1]. Kelishuv summasi 2,5 mln. funt sterlingni tashkil etdi, shuningdek, ushbu summaning 50 %i „Real“ga hisobiga oʻtkazildi. Alvaroning „Liverpul“dagi debyuti 10-fevralda „Nyukasl“ga qarshi kechgan oʻyinga toʻgʻri keldi[2]. Oʻsha oʻyinda jamoasi magʻlubiyatga uchragan Alvaro Jermeyn Pennantning oʻrniga maydonga tushgandi. Ammo toʻliq oʻyinlik debyuti deb Chempionlari ligasi doirasida kechgan 1/8 finaldagi „Kamp Nou“da Barselonaga qarshi kechgan uchrashuvni hisoblasa boʻladi. Arbeloa ushbu oʻyinda asosiy tarkibda maydonga chap qanot himoyachisi sifatida chiqdi va uning asosiy vazifasi mezbonlarning Lionel Messisini yopish boʻldi. Shunga qaramasdan mezbonlar birinchi boʻlib hisobni ochdilar (golda Arbeloaning aybi ham boʻlgan), lekin „Liverpul“ ikkita gol bilan javob berib, gʻalaba qozondi.
2007-yil 7-aprelda Arbeloa oʻzining „Liverpul“dagi birinchi golini Premyer-liga oʻyini doirasida „Reding“ darvozasiga kiritdi[3]. Shu bilan u 14 yil ichida rasmiy oʻyinda va Premyer-ligada gol urgan „Liverpul“ning ikkinchi raqamli birinchi oʻyinchisi boʻldi.1992-yilning 16-dekabrida Mayk Marsh Angliya kubogining toʻrtinchi bosqichidagi uchrashuvda „Kristal Pelas“ jamoasiga gol urgandi, biroz oldin ham xuddi shu jamoaga Premyer-liga doirasida gol urgandi.
2007/08 mavsum oldidan Alvaro oʻzining „2“ raqamini Kreyg Bellami ketganidan soʻng, boʻsh turgan „17“ raqamiga almashtirdi.

"Real Madrid"ga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilning 29-iyulida „Real Madrid“ va „Liverpul“ jamoasi oʻrtasida Arbeloa transferi boʻyicha kelishuvga erishildi. Transfer narxi 5 mln. yevroni tashkil etdi.[4] Arbeloa „Real“ bilan besh yillik shartnoma tuzdi[5]. Michel Salgado va Migel Torreslar jamoadan ketganidan soʻng, Arbeloa „2“ raqamli maykani kiyishni boshladi. Arbeloa „Real“dagi debyut golini 2010-yil 13-fevralda „Xerez“ jamoasi darvozasiga kiritdi. Uning ikkinchi goli 28-martda „Atletiko Madrid“ga qarshi kechgan uchrashuvda muhim gʻalabani olib keldi, oʻyin 3-2 hisobida „Real“ foydasiga hal boʻldi[6]. 2011/12 mavsumda markaziy himoyachi Rikardu Karvalyu jarohati olishi sababli chap qanot himoyachisi Serxio Ramos markazga oʻtkazildi va Arbeloa asosiy tarkibda chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tusha boshladi. Malagaga qarshi kechgan uchrashuvda „Real Madrid“ tarkibidagi 100-nchi oʻyinini nishonladi. 2012-yil 1-avgustda Real Madrid Arbeloa bilan shartnoma muddatini 2016-yilgacha choʻzdirganini maʼlum qildi[7].

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 27-martda Alvaroning Ispaniya terma jamoasidagi debyut uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Italiya termasi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvining 73-daqiqasida Serxio Ramos oʻrniga maydonga tushdi. Oʻyin 1:0 hisobida ispanlar foydasiga tugadi. 2008-yil may oyida Alvaro Avstriya va Shveysariyada oʻtkaziladigan Yevropa chempionatida qatnashish uchun chaqirildi va natijada turnir gʻolibi boʻlishga muvaffaq boʻldi.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 13-may holatiga.

Jamoa Mavsum Álvaro ArbeloaLiga Kubok Superkubok Yevrokubok Jami
TU G TU G TU G TU G TU G
Real Madrid Kastilya 2003/04 16 1 16 1
2005/06 34 0 34 0
Jami: 52 1 52 1
Real Madrid 2004-05 2 0 2 0 0 0 4 0
Jami: 2 0 2 0 0 0 4 0
Deportivo 2006-07 20 0 0 0 0 0 20 0
Jami: 20 0 0 0 0 0 20 0
Mavsum Álvaro Arbeloa Premyer-liga Kubok Liga kubogi Yevrokubok Jami
TU G TU G TU G TU G TU G
Liverpul 2006-07 9 1 0 0 0 0 5 0 14 1
2007-08 28 0 1 0 3 0 9 0 41 0
2008-09 29 1 2 0 0 0 12 0 43 1
Jami: 66 2 3 0 3 0 26 0 98 2
Mavsum Álvaro Arbeloa Liga Kubok Superkubok Yevrokubok Jami
TU G TU G TU G TU G TU G
Real Madrid 2009-10 30 2 2 0 6 0 38 2
2010-11 26 0 8 0 9 1 43 1
2011-12 26 0 3 0 0 0 9 0 38 0
Jami: 82 2 13 0 0 0 24 1 119 3
Faoliyatida jami: 220 5 18 0 3 0 50 1 291 6

Erishgan natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Reds swoop for Spanish pair“. Liverpool F.C. (2007-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 13-may.
  2. „Tactical Formation“. Football-Lineups.com. Qaraldi: 9 sentabr 2007. [sayt ishlamaydi]
  3. „Reading 1–2 Liverpool“. BBC (7-aprel 2007). Qaraldi: 25-noyabr 2009.
  4. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  5. http://www.uefa.com/competitions/ucl/news/kind=1/newsid=866782.html Arbeloa Completes Return to madrid
  6. „Real Madrid 3 – 2 Atlético Madrid“. ESPNsoccernet. ESPN (2010-yil 28-mart). 2011-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-mart.
  7. „Official Announcement“. realmadrid.com (1-avgust 2012). Qaraldi: 1-avgust 2012.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]