Kontent qismiga oʻtish

Ricardo Carvalho

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rikardu Karvalyu
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ricardo Alberto Silveira Carvalho
Tavallud sanasi 1978-yil 18-may (1978-05-18) (48 yosh)
Tavallud joyi Amarante, Portugaliya, Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
Boʻyi 182 sm
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ricardo Carvalho Real Madrid
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—1998 Leka
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2004
2004—2010
2010 – h.
Portu
Chelsea
Real Madrid
(73 (3)
135 (7)
37 (3))
Milliy terma jamoa
2002—2011 Portugaliya (75 (4))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rikardu Albertu Silveyra Karvalyu (portugalcha: Ricardo Alberto Silveira Carvalho; 1978-yil 18-mayda tugʻilgan) – Portugaliyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynagan.

Rikardu oʻzining faoliyatini „Leka“da boshladi. „Portu“ safiga qoʻshilishi bilan uni „Vitoriyu Setubal“ va keyin „Alverka“ jamoalariga ijaraga berildi.
„Portu“ jamoasi faxriysi himoyachi Jorje Koshta „Charlton“ga ijara berib yuborilgandan soʻng, Karvalyu oʻzining mahoratini koʻrsatish uchun imkon tugʻildi. Rikarduga omad kulib boqdi, u xalqaro miqyosda yaxshi himoyachi ekanligi tan olindi. U Chempionlar ligasi oʻyinlarida muntazam qatnashdi. Soʻnggi mavsumda u Yevro-2004 musobaqasida Gretsiya bilan boʻlgan magʻlubiyatli oʻyindan soʻng, Portugaliya terma jamoasida oʻynab yurgan Fernando Koutuning oʻrnini egalladi.

Joze Mourinyo Chelsea murabbiyi boʻlishi bilan Karvalyuni oʻz jamoasiga chaqirib oldi. Jamoaga markaziy himoyachi juda muhim edi, yangi murabbiy esa oʻzining eng ishonchli himoyachisini olishni maʼqul koʻrdi.
Portu koʻplab yutuqlar va kuboklarni qoʻlgan kiritgan oxirgi omadli ikki yilida asosiy oʻyinchisi aylanib boʻlgan Rikardu, Chelseaga oʻtgandan soʻng, Marsel Desayining oʻrniga maydonga tusha boshladi. Dunyoning grand jamoalari qiziqayotgan futbolchini oʻz safiga qoʻshib olgan „Chelsea“ ham bundan xursand edi.
Bu markaziy himoyachi nafaqat oyoqda faol harakat qiladi, balki boshda ham yaxshi oʻynay oladi. Rikarduning terma jamoa safida Yevro-2004dagi ajoyib oʻyinlari, uning UEFA tomonidan tuzilgan ramziy terma jamoa safiga kirishiga ham sabab boʻldi.
2010-yil 10-avgustda futbolchi Real Madrid bilan ikki yillik shartnoma tuzdi[1]. Transfer miqdori 9 mln. yevroga teng boʻldi.
2011-yil 31-avgustda Portugaliya termasida boshqa oʻynamasligini eʼlon qildi. Bunga sabab unga nisbatan hurmatsizlik qilishganligi bilan izohladi[2].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rikardu Karina ismlik portugal qizga uylagan. Ularning bir oʻgil va bir qizlari bor. Ularning ismlari Rodrigo va Rachel.

Ishtirok etish statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

20 noyabr 2011-yil holatiga.

Jamoa Chempionat Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Yevrokubok Boshqa Jami
OʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Leka Portugaliya chempionati 1997-98 22120---241
Jami 22120---241
Portu Portugaliya chempionati 1998-99 1000-000010
Jami 1000-000010
Vitoriya (ijara) Portugaliya 1999-00 25220---272
Jami 25220---272
Alverka (ijara) Portugaliya 2000-01 29130---321
Jami 29130---321
Portu Portugaliya 2001-02 25020-100-370
2002-03 18160-7010321
2003-04 29230-13110463
Jami 723110-301201154
Chelsea Angliya 2004-05 2511030100-391
2005-06 24130008200353
2006-07 313514010010514
2007-08 211204010010381
2008-09 121200040-181
2009-10 22010005011291
Jami 13571411104723121011
Real Madrid La Liga 2010-11 33360-90-483
2011-12 4000-202080
Jami 373600011020563
Faoliyati boʻyicha umumiy 321173811108837146522
Oʻzgarish: 20 noyabr 2011[3][4]
T. J.YillarOʻyinlarGollar
Portugaliya 200310
2004140
200571
2006132
200751
200890
2009110
2010120
201120
Jami744
Oxirgi oʻzgarish: 20 noyabr 2011[3][5]

Erishgan natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Portugaliya chempioni(3): 1998/99, 2002/03, 2003/04
  • Portugaliya kubogi: 2003
  • Portugaliya Superkubogi (3): 1998, 2003, 2004
  • UEFA Kubogi: 2003
  • UEFA Chempionlar Ligasi chempioni: 2004
  • Premyer liga chempioni (3): 2004/05, 2005/06, 2009/10
  • Angliya kubogi (3): 2007, 2009, 2010
  • Futbol ligasi kubogi (2): 2005, 2007
  • Angliya Superkubogi (2): 2005, 2009

Portugaliya terma jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Yevropa chempionati kumush medali: 2004
  • Jahon Chempionatida toʻrtinchi oʻrin: 2006
  • Portugaliya yil futbolchisi: 2002/03
  • UEFA tanlovi boʻyicha eng yaxshi himoyachi: 2003/04
  • UEFA tanlovi boʻyicha yil jamoasi: 2003/04
  • Yevropa chempionati ramziy termasi: 2004
  • Jahon Chempionati ramziy termasi: 2006
  • Chelsea yil oʻyinchisi: 2007/08
  1. Comunicado Oficial: Ricardo Carvalho, nuevo jugador del Real Madrid
  2. Karvalyu otkazalsya vistupat za sbornuyu Portugalii
  3. 1 2 Carvalhoʻs Profile, www.national-football-teams.com, accessed 12-oktabr 2009-yil.
  4. Carvalhoʻs Profile (Wayback Machine saytida 2010-07-17 sanasida arxivlangan), www.soccerbase.com, accessed 8-oktabr 2009-yil.
  5. Carvalhoʻs Profile (Wayback Machine saytida 2006-06-27 sanasida arxivlangan), ESPNsoccernet, accessed 12-oktabr 2009-yil.