Rahmatulla qori jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Rahmatulla qori jome masjidi
Rahmatulla qori
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻka
Manzil Namuna qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Parkent mahalla fuqarolar yigʻini Sholikor koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Marufjon domla Yuldoshev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Rahmatulla qori jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahmatulla qori jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Namuna qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Parkent mahalla fuqarolar yigʻini Sholikor koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidga Namuna qishloq fuqarolar yigʻini, Parkent mahalla fuqarolar yigʻini, X. Xayne mahalla fuqarolar yigʻini, Tillakori mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Maktab mahalla fuqarolar yigʻini, Qora qamish mahalla fuqarolar yigʻini, Iftixor mahalla fuqarolar yigʻini, Yoʻldosh ota mahalla fuqarolar yigʻini, Ariqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, Sholikor mahalla fuqarolar yigʻini, Oltin topgan mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi mahalli aholi vakillari tashrif buyurishadi[3]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Marufjon domla Yuldoshev hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.80 gektar joyda 900 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahmatulla qori jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. „"RAXMATILLA QORI" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.