Imomi Aʼzam masjidi (Zangiota)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Imomi Aʼzam jome masjidi
Imomi Aʼzam
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Ilyos domla Shokirov
Gumbazlar soni 5
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Imomi Aʼzam masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imomi Aʼzam jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Nazarbek shaharchaiga qarashli boʻlgan Harakat mahallasi Maktab koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Ilyos domla Shokirov boʻlib oʻzining mav’izalari bilan masjiddagi hamma namozlarda chiqish qiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imomi Aʼzam jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan. 2020-yil 4-dekabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida „Imomi Aʼzam“ jome masjidining yangi binosida birinchi juma namozi ado etildi. Yangi masjidning ochilish marosimiga O‘zbekiston musulmonlari idorasining sobiq raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasur domla Raupov va bir qator ulamolar, ustozlar hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etishdi. Ushbu „Imomi Aʼzam“ jome masjidining qurilish ishlari 2018-yil yoz faslida boshlanib, 2020-yil 4-dekabr kuni foydalanishga topshirildi. Yangi qurilgan masjidda zamonaviy holatdagi keng xonaqo bunyod etilib, 2000 namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi hamda 45 metr atrofida ikkita baland minora va yertoʻla mavjud. Bundan tashqari, barcha qulayliklarga ega boʻlgan tahoratxona, xizmat xonalari qurib bitkazilgan. Masjid asosan hashar yoʻli bilan, saxovatpesha insonlar va homiylar koʻmagida bunyod etilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „МИР АБДУЛЛО ЭШОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  2. „"ИМОМИ АЪЗАМ" МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  3. „Зангиота туманидаги «Имоми Аъзам» жоме масжиди“. fitrat.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.