Kox ota buzruk masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Kox ota buzruk masjidi
Masjidning tunggi koʻrinishi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Shayxontohur
Manzil Koxota 1-berk koʻchasi 105A-uy[1]
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Pirnazarov Abduhakim Toʻqsonovich[1]
Maqomi Ishlaydi
Gumbazlar soni 3
Minoralar soni 1
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Map
Koh ota masjidining xaritada koʻrinishi


Koordinatalari: 41°33′6″N 69°25′8″E / 41.55167°N 69.41889°E / 41.55167; 69.41889 G O

Kox ota masjidi — Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Kox ota mahallasi hududida joylashgan jomeʼ masjidi[1]. 2001-yil 30-sentyabr sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1834—1835-yillarda qurilgan boʻlib, Toshkent shahridagi qadimiy masjidlardan biri sahisoblanadi. Masjid Koh ota maqbarasi yonida qurilganligi sababli va „Koʻh-ota“ mahallasi hududida joylashgani uchun shunday nomlangan. Masjidda 1937-yilgacha islom ibodatlari ado etilib turilgan[3][4]. 1990-yil 5-aprelda Shayxontohur tumani Xalq Deputatlari kengashining № 90/7-sonli qarori asosida bino atrofi mahalla ixtiyoriga beriladi. Mahalla faollari maslahatlashib, ushbu bino oʻrnidagi masjidni qayta tiklash ishlarini boshlashadi. Masjid shu yili mahalla fuqarolari tomonidan hashar yoʻli bilan qayta qurilib, faoliyat koʻrsatishni boshlaydi. 2004—2005-yillarda Koh ota masjidi qisman taʼmirlanadi. Soʻnggi yillarda masjid binosi taʼmirtalab holga kelganligi sababli 2017-yilning avgust oyida masjidda qayta qurilish ishlari boshlandi. Yangi masjidda 2000 oʻrinlik xonaqoh, kutubxona, tahoratxona va xizmat xonalari mavjud. Masjid 2018-yilning soʻngida bitkazildi[3]. Masjidga tutash hududda XIV asrga oid tarixiy obida bo'lmish „Koʻh-ota“ maqbarasi joylashgan.

Urush yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushi arafasida masjid yopilib, maʼlum muddat askarlar kazarmasiga, soʻngra, bolalar uyiga aylantirilgan. 1980-yillarda Bolalar uyi yopilib, uning oʻrniga 9-sonli Shahar poliklinikasi koʻchirib keltirilgan. Masjid hududida madaniy meros obektlari roʻyxatidan oʻrin olgan „Koh ota Buzruk“ maqbarasi joylashgan boʻlib, 2008-yilda maqbara toʻliq qayta taʼmirlangan.

Koh ota[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koh ota tarixiy shaxs boʻlib, u kishining asl ismi Shayx Kamoliddin boʻlgan. Bu kishi toʻgʻrisida tarixiy maʼlumotlar nisbatan kam boʻlib, asosan xalq ogʻzida yuradigan turli rivoyatlar mavjud. Koh ota hazratlari X asrda mashhur olim Qaffol Shoshiy shogirdlaridan boʻlib buzrukvor darajasiga yetgan. U zot tafsir, tasavvuf yoʻnalishi bilimdoni boʻlgan. U kishi Amir Temurning maʼnaviy ustozi bo‘lgan, garchi ular turli davrlarda yashagan bo‘lsalar ham. Amir Temur Koh otani tirikligida topa olmagan. Koh ota asli kelib chiqishi Misrlik edi. Shu bilan birga u kishining chiniqqan polvon boʻlganliklari xaqida rivoyatlar mavjud hamda u kishi oʻzining ajoyib kuchi va kattaligi bilan mashhur edi, bu unga dunyo boʻylab sayohat qilish va kurash musobaqalarida qatnashish imkonini bergan. Ehtimol, bu uning „ko‘-ota“ laqabi berilishida asosiy rol o‘ynagan bo‘lsa kerak, chunki ushbu soʻz forschadan tarjima qilganda „Ota tog‘“ degan maʼnoni anglatadi. Ko‘h ota Toshkentga dafn etiladi. Rivoyatlarga koʻra, Amir Temur bu maqbarani qurish uchun oʻz qoʻli bilan tosh va gʻisht koʻtargan, Koʻh ota esa uning ruhiy ustozi boʻlib, Temurga yurishlarda yordam bergan, unga kuch va quvvat bergan[4][5].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Koh ota koʻchasi koʻchasi 105A-uy manzilida joylashgan. Masjid Kox ota mahallasi hududiga kiradi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Кох ота бузрук жоме масжиди“ (uz). masjid.uz (muharrir=). Qaraldi: 27-aprel.
  2. „Tashkilot haqida“ (ru). Qaraldi: 27-aprel.
  3. 3,0 3,1 vakillikuz. „«Коҳ ота» жоме масжиди“ (uz). vakillik.uz (2015-yil 17-sentyabr). 2023-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-aprel.
  4. 4,0 4,1 „Махаля Кох-ота в Ташкенте“ (ru). mytashkent.uz. Qaraldi: 27-aprel.
  5. „Махалля Кох-ота в городе Ташкенте“ (uz). shosh.uz. Qaraldi: 27-aprel.