Ismat ota masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ismat ota masjidi
Ismat ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Shahar Nurafshon
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 8.09.2021—2022
Soʻngi imom Jabayev Anvar
Minoralar soni 1
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Ismat ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyatida joylashgan. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Toshkent viloyati Musulmonlar boshqarmasi tomonidan faoliyat yuritadi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismat ota jome masjidi Toshkent viloyati, Nurafshon shahri tarkibidagi Haqiqat mahallasi fuqarolar yigʻini, Oppoq koʻchasida joylashgan[2]. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Nurashfon sharining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Jumladan, Oxunboboyev, Bobur shox koʻchasi, Dehqonobod, Ismatilla Xakimov, Guzar, Navroʻz, Baxt, Uchqun, Olmazor, Uchqun, Ozodlik, Sportchilar, Mirzayeva, Xurramlik bosh koʻchasi, Uchqun, Baxor, Odil Fayziyev, Ozod Sahrofiddinov, Muqimmiy, Ziyolilar, Kalelin, Navoiy, Eyvalak, Shifokorlar, Sharofiddinov, Eyvalak va Toshkent yoʻli bosh koʻchasidan istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi. Shuningdek, Oʻrta Chirchiq tumanining shaharga tutashgan aholi punktlari va yoʻlovchilar, mehmonlar va sayohatchilar Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu jomeʼ-masjidda kunlik besh vaqt namoz oʻqilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismat otajome masjidining aniq qachon tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar mavjud emas. Jome masjid 1-noyabr 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2]. Masjidning yangi binosi 2021-yil sentabr oyidan boshlab qurila boshlandi. Yangi binoning ilk tamal toshini Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek Raupov qoʻyib berdi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ИСМАТ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Tashkilot haqida“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  3. „Хушхабар: «ИСМАТ ОТА» МАСЖИДИГА ИЛК ҒИШТ ҚЎЙИЛДИ“. fitrat.uz. fitrat.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.