Ali ibn Abu Tolib masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ali ibn Abu Tolib masjidi
Masjid darvozasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Daha Tuzel
Tuman Yashnobod
Manzil Choʻlpon koʻchasi 1-uy[1]
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Tuzel aholisi
Soʻngi imom Allayorov Fazliddin[1]
Maqomi Ishlaydi
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali Gʻisht, marmar, yogʻoch, temir
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Koordinatalari: 41°29′6″N 69°36′38″E / 41.48500°N 69.61056°E / 41.48500; 69.61056 G O

Ali ibn Abu Tolib masjidi — Toshkent shahrining Yashnobod tumani Tuzel dahasi 3-mavzesida joylashgan jomeʼ masjidi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda tuman xokimligining qarori bilan masjid uchun yer ajratilgan. 1994-yilda Tuzel mahallasi fuqarolari tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Dastlab masjid oʻzbekistonlik ulamolardan biri boʻlmish din va jamoat arbobi Alixontoʻra Sogʻuniy (1885-1976) nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik, 1998-yildan masjidga quraysh qabilasining hoshimiylar xonadoni vakili, islomda „Xulafo ar-Roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan toʻrt xalifaning toʻrtinchisi, Muhammad (s.a.v) ning amakivachchasi va kuyovi (Fotima zahro (sa) eri) boʻlmish Ali ibn Abu Tolibning (taxminan 600-661) nomi berilgan[2].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Map
Ali ibn Abu Tolib masjidining xaritada koʻrinishi

Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Tuzel dahasi 3-mavze Choʻlpon koʻchasi[3] 1-uy manzilida joylashgan[4][2][3]. Masjidning shimoliy va sharqiy qismida Eshon ota qabristoni joylashgan.

Gallireya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „АЛИ ИБН АБУ ТОЛИБ ЖОМЕ МАСЖИДИ“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  2. 2,0 2,1 vakillikuz. „«Али ибн Абу Толиб» жоме масжиди“ (uz). vakillik.uz (2015-yil 17-sentyabr). 2023-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „улица Чулпан Ташкент“ (ru). geodzen.com. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  4. „Toshkent shahrida 5-iyun kunida yakunlanadigan Xatmonalar“ (uz). xabardor.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-yanvar.