Qoraxitoy qishlogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoraxitoy qishlogʻi - Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan qishloq. Qishloq Koson shahridan 10 km uzoqlikda joylashgan. Qishloq hududi ,asosan, pasttekislikdan iborat. Qishloq aholisini oʻzbeklar tashkil qiladi. Qishloq hududida och tusli boʻz, qumoq tuproqlar uchraydi. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, yulgʻun, isiriq va boshqa o’simliklar oʻsadi. Qushlardan {asosan} chumchuq, musicha, soʻfitoʻrgʻay, kaptar, mayna uchraydi. Qishloq hududi ,asosan, uzunligi {taxminan} 25 km boʻlgan kollektor va Qarshi magistral kanali orqali olib kelingan ariq suvlari orqali sugʻoriladi. Yerosti suvlari yer yuzasiga yaqin 10-15 m atrofda joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]