Qoraqalpogʻistondagi separatizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraqalpogʻiston (sariq rang bilan belgilangan) kiradi.

Qoraqalpogʻistondagi separatizm – Oʻzbekiston tarkibidagi avtonom respublika Qoraqalpogʻiston Respublikasining siyosiy mustaqillik talab qilish yoki boshqa davlatga qoʻshilish tarafdori boʻlgan aholisining siyosiy harakati. Bu yerda mustaqillik yoki boshqa davlatga qoʻshilishni talab qiluvchi bir necha harakatlar boʻlgan, ammo hozirgacha ular Oʻzbekiston siyosatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmagan.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoraqalpoqlar turkiy xalqlarning qipchoq guruhiga mansub boʻlib, shuning uchun ham til va madaniy jihatdan noʻgʻay, qozoq va qirgʻiz xalqlariga yaqin[1]. Shu sababli, 1924-yilda bolsheviklar viloyatni Qirgʻiz Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (keyinchalik Qozogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi deb oʻzgartirilgan) tarkibiga avtonom viloyat sifatida kiritganlar. Biroq bundan koʻp oʻtmay Qoraqalpoq avtonom viloyati RSFSR ning bevosita tasarrufiga oʻtkazilgan[2]. Biroq, Oʻzbekiston Sovet Ittifoqining Oʻrta Osiyodagi hududiy boʻlinishdan soʻng, Tojikiston respublika talabiga javob berishi uchun Xoʻjand viloyatini berishga rozi boʻladi. Buning evaziga Sovet hokimiyati Qoraqalpoq avtonom viloyati ustidan nazoratni Oʻzbekiston SSRga topshiradi[3]. Bu hudud keyinchalik Oʻrta Osiyodagi yagona ASSR boʻlgan Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi[2] ga aylangan.

1989-yilgi sovet roʻyxatiga koʻra, oʻzbeklar Qoraqalpogʻiston aholisining nisbiy koʻproq yaʼni 32,8% ini, qoraqalpoqlar esa biroz kamroq 31,1% ni, qozoqlar 26,3% ni va boshqa xalqlar tashkil etgan.

1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi Qoraqalpogʻiston Sovet Respublikasining davlat suvereniteti toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qilgan.

1990-yilda Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston SSR tarkibidan chiqqanligini eʼlon qilgan; ammo deklaratsiya kuchga kirmagan, chunki keyingi yili Sovet Ittifoqi parchalangan[2], va Qoraqalpogʻistonning Oʻzbekistondan ajralib chiqishi uning kuchga kirishi uchun referendum orqali tasdiqlanishi kerak boʻlgan[1].

Qoraqalpoq separatizmi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan postsovet davlatlarida etnik ziddiyatlar avj ola boshlagan. Keyin Qoraqalpogʻistonda qoraqalpoq xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilashini talab qiladigan „Xalq mapi“ („Xalq manfaati“) guruhi paydo boʻlgan. Biroq, ularning faoliyati haqida maʼlumotlar kam, chunki rasmiylar guruhni yashirincha quvib yuborishgan. Baʼzilar hukumatning „Xalq mapi“ ga qarshi tezkor munosabatini mintaqadagi bunday harakatning siyosiy salohiyatning dalolati sifatida koʻrishadi. Harakatning eng mashhur arboblari orasida iqtisodchi Marat Aralboyev ham boʻlgan va „Xalq mapi“ yetakchisi hisoblangan[1]. 1992-yilda viloyat Oʻzbekiston tarkibidagi avtonom respublika sifatida belgilanadi va keyingi yili respublika konstitutsiyasi qogʻozdagina respublikaga oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini bergan[2]. Oʻzbekiston hukumati esa bunday hodisani ehtimoldan yiroq deb hisoblaydi[1]. Bunga 1993-yilda imzolangan kelishuvlar boʻyicha 2013-yilda oʻtkazilishi kerak boʻlgan referendum ham qoʻshilgan[4].

Kosovo urushi yillarida „Erkin Qaraqalpaqstan“ (Ozod Qoraqalpogʻiston) guruhi mahalliy ommaviy axborot vositalarida maʼlum darajada obroʻ qozongan boʻlsa-da, haligacha mintaqa siyosatiga taʼsir oʻtkaza olmagan. Guruh atrofidagi sir shundan iboratki, guruh rahbarlari va tarkibi haqida maʼlumotlar kam[2]. Guruhning sanoqli taniqli aʼzolaridan biri huquq himoyachisi Solijon Abdurahmonovdir[1]. Guruh tomonidan mustaqillik bilan bir qatorda Qozogʻistonga qoʻshilishni ham oʻz ichiga olgan ssenariylar koʻrib chiqilgan[2]. Harakat aholining ular tomonga oʻtishini mintaqada iqtisodiy rivojlanishning yoʻqligi bilan izohlaydi[1].

2014-yilda Qrimning Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinishi va undan keyingi Donbassdagi urush mintaqadagi separatistik harakatni jonlantirgan. Aynan oʻsha paytda siyosiy sahnaga „Algʻa Qaraqalpaqstan Azatlik Xareketi“ („Qoraqalpogʻiston ozodlik harakati fronti“) guruhi kirib kelgan[2]. Guruh nomi ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan Marip Qoʻngʻirotskiy va Roman Mamitov tomonidan yozilgan matnning yakuniy jumlasidan olingan[4]. Guruh rahbari Arman Sagidullayevdir[5] .

Separatchilik harakatining soʻnggi avj olishi Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning oʻlimi bilan bogʻliq boʻlib, 2016-yilga toʻgʻri keladi. Soʻngra Sagidullaev yana siyosiy sahnaga chiqib, respublikaning Qozogʻistonga qoʻshilishini talab qilgan[6].

Ushbu guruhlarning siyosiy maydonda haqiqiy ishtirokidagi muntazam muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, yangi guruhlarning muntazam ravishda paydo boʻlib turishi baʼzilarni mintaqada kelajakda yanada kuchliroq harakatlarning rivojlanish istiqboli mavjud deb bilishiga olib kelgan[2] . Biroq, hozirgi guruhlarning zaifligi markaziy hukumatning millatchi guruhlarga nisbatan shubhasi tufayli baʼzilar qoraqalpoq madaniyatining tanazzulga yuz tutishini bashorat qilishga, buning natijasida koʻpchilik qoraqalpoqlar oʻz madaniyatini jamoat maydonida targʻib qilmasligiga olib kelgan[4].

Mintaqadagi tabiiy resurslarning mavjudligi, baʼzilarni chet el kuchlari ushbu guruhlarni resurslarni qazib olish paytida imtiyozli foydalanish imkoniyatini taʼminlash uchun moliyalashtirishi mumkin degan bahsga olib kelgan[2]. Rossiyaga qoʻshilish imkoniyati ham koʻrib chiqilmoqda, chunki "Algʻa Qaraqalpaqstan Azatlik Xareketi" guruhi bu gʻoyaga tayyorligini ochiq eʼlon qilgan[4]. Bundan tashqari, tahlilchilar 2014-yilgi tartibsizliklar Rossiya aralashuvi bilan bogʻliq deb hisoblashadi[7].

2022-yil iyul oyi boshida norozilik namoyishlari, jumladan, Qoraqalpoq muxtoriyatini bekor qilishni talab qiluvchi konstitutsiyaviy islohot loyihasiga qarshi chiqqan edi. Bu voqealardan soʻng hukumat yangi konstitutsiyada Qoraqalpogʻistonning maqomini oʻzgartirmaslik niyatida ekanligini eʼlon qilgan. Bu tadbirlar davomida jurnalist Lolagul Qallixonova kabi bir qancha jamoat arboblari respublikani ajralib chiqishga chaqirishgan[8] . 2022-yil iyul oyi boshida Nukusda yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 18 kishi olgan jarohatlari tufayli halok boʻlgan. Rasmiylar toʻqnashuvlar chogʻida aksariyat aloqalarni uzib qoʻygan va shu sababli voqealar ketma-ketligi ancha noaniqligicha qolmoqda. 2022-yil 2-iyul, shanba kuni mintaqada bir oy muddatga favqulodda holat eʼlon qilingan[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Gulnoza Saidazimova. „Uzbekistan: Shadowy Group Agitates For 'Free Karakalpakstan'“ (en). Radio Free Europe (2008-yil 5-aprel). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Slavomir Horak. „Separatism in Uzbekistan? Karakalpakstan after Crimea“ (en) (2014-yil 21-may). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  3. Roy 1997, s. 107.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „'Uzbekistan separatist movement threatens ancient culture'“ (en). The Guardian (2015-yil 5-fevral). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  5. „The Saga Of Aman Sagidullaev And Alga Karakalpakstan“ (en). Radio Free Europe (2014-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  6. Paul Goble. „Karakalpak Separatism Re-Emerging After Karimov’s Death With New Call For Integration With Kazakhstan – OpEd“ (en). Eursianet (2017-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  7. Paul Goble. „Moscow Set to Use Karakalpak Separatism Against a Pro-Western Tashkent“ (en). The Jamestown Foundation (2014-yil 12-avgust). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  8. „Uzbekistan president backtracks on constitution to defuse Karakalpakstan tension“ (en). Eurasianet (2022-yil 2-iyul). Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  9. D.V. Ossel. „Ouzbékistan. 18 morts lors des manifestations de la semaine dernière“. Agence Belga et RTBF (2022-yil 4-iyul).