Lakshadvip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lakshadvip — Hindistonning ittifokdosh hududi. Mayd. 32 km2. Ahrlisi 60,6 ming kishi (2001). Rasmiy til — malayalam tili. Ahalisining asosiy qismi islom diniga eʼtiqod qiladi. Maʼmuriy markazi — Kavarati sh.

Ittifoqdosh hudud Arabiston dengizida Hindistonning jan.-gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida joylashgan 35 ta marjon oroldan iborat boʻlib, ularning 11 tasida aholi yashaydi. Bal. 3—4 m. Eng yirik orollari —Lakkadiv, Amindiv va Minikoy. Fors qoʻltigʻi bilan Hindistonning gʻarbiy qirgʻoklari orasidagi dengiz yoʻlida muhim strategik ahamiyatga ega. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Yiliga 1700 mm atrofida yogʻin tushadi.

L. 16-a.ga qadar mustaqil boʻlgan. 1787 y.da Tipu sulton davlatiga qoʻshilgan. Tipu sultonligi barham topgach, L. Ost-Indiya kompaniyasi qoʻliga oʻtdi. 1956 y.dan orollar alohida hudud deb tan olindi va oʻsha paytdan boshlab Hindiston ittifoqi hukumati tomonidan boshqarila boshlandi. 1973 y.da Lakkadiv, Minikoy va Amindiv o.lari guruhi Lakshadvip o.lari deb ataldi.

L. iqtisodida q.x. yetakchi oʻrinda. Aholining asosiy qismi kokos palmasi oʻstirish va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Sanoat korxonalaridan q.x. mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, baliq-konserva zavodlari mavjud. Elektr energiyasi orollarning oʻzida hosil qilinadi. Yoʻlovchilar va yuklarni tashish, asosan, dengiz va havo transportida amalga oshiriladi. Chetga kokos palmasi tolasi va moyi, kopra chikariladi. Chetdan sholi va b. isteʼmol mollari keltiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil