Accom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Accom — Hindistonning shim. -sharqidagi shtat. Sharqiy Himolay tog‘lari etagida. Mayd. 78,5 ming km2. Aholisi 22,3 mln. kishi (1991), yarmi-dan ko‘prog‘ini assomlar, 18% ni bengal lar tashkil etadi. Ma’muriy markazi — Dispur sh. Qadimda va ilk o‘rta asrlarda A. hududi Kamarupa deb atalgan. Angliya —Birma urushlari (19-a.) natijasida A. Angliyaning Hindistondagi mulklariga qo‘shib olingan. 1950 y.dan Hindiston Respublikasi shtati. Shtat aholisining 9/10 qismi Brahmaputra va Surma vo-diysida, qolganlari tog‘li viloyatlarda yashaydi. A. hududining yarmi pasttekis-lik, qolgan qismi bal. 3826 m gacha bo‘lgan Assom tog‘laridan iborat. Tez-tez zilzi-la bo‘lib turadi. Iqlimi tropik, musson iqlim, sernam. Dunyoda eng ko‘p yog‘in tu-shadigan joy. Yiliga 12500 mm gacha yog‘in yog‘adi. Doim yashil tropik o‘rmonlar va bu-tazorlar bor. A. Hindistonda choy yetish-tiradigan va sholi hamda jut ekishga ix-tisoslashgan mayda dehqon xo‘jaliklari o‘lkasidir. Aholining 80% ga yaqini q. x.da ishlaydi. A. yer maydonining 15% iga ekin ekiladi. Butun Hin-distonda yetishtiriladigan choyning yar-miga yaqinini A. beradi. Loviya, shakarqamish, tamaki, paxta, kunjut, indov va xantal ekiladi. A.ning ishlab beruvchi sano-ati nisbatan yirik choy f-kalaridan, faner va yashik ishlab chiqaradigan kor-xonalar, objuvoz va yog‘ korxonalari, Dhubridagi gugurt f-kasidan iborat. Digboy va Naharkatiya Hindistonda neft chiqariladigan muhim r-ndir. Neft qazib olish va qayta ishlash A. sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri. Ko‘mir (Margerita) va ohaktosh qazib chiqarish mahalliy ahamiyatga ega. 709Brahmaputra vodiysi bo‘ylab o‘tadigan t. y. A.ni Hindistonning boshqa qismlari bilan bog‘laydi; Brahmaputradan Dibrugarhgacha kema qatnaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil