Gʻarbiy Bengaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G'arbiy Bengaliyadan yoʻnaltirildi)

Gʻarbiy Bengaliya - Hindistonning sharqiy qismidagi shtat. Bengaliya qoʻltigʻi sohili, Gang daryosi del-tasining gʻarbiy qismini egallaydi. Maydoni 887 ming km2. Aholisi 80,2 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Kalkutta shahri Gʻarbiy bengaliya dunyoda aholi eng zich joylashgan hududlardan. Relyefi allyuvial pasttekislik. Gʻarbiy qismida qirlar (balandligi 300–400 m), shim.da Himolay togʻi tizmalari (eng baland joyi 4000 m) bor. Iqlimi mussonli, tropik sernam iqlim. Yillik yogʻin 1400–1800 mm, togʻlarda 3000 mm dan ziyod. Dekabr oyining oʻrtacha temperaturasi 19°, may oyiniki 30° gacha.

Gʻarbiy bengaliya — Hindistonning iqtisodiyoti rivojlangan shtati, muqim qishloq xoʻjaligi rayonidir. Asosiy ekini — sholi. Shuningdek, sabzavot ekinlari, xan-tal, raps, dukkakli ekinlar, tama-ki, makkajoʻxori ekiladi. Asosiy texnika ekini — jut va kanop. Shimoliu qismida choy plantatsiyalari bor. qirgʻoqqa yaqin suvlarda va daryoda baliq ovlanadi.

Gʻarbiy bengaliya — mamlakatda sanoatning barcha tarmoqlari, xususan, yengil, ogʻir, oziqovqat sanoatlari eng rivojlangan shtat. Mayda korxona koʻp. Raniganj havzasi mamlakatda qazib olinadigan koʻmirning 1/3 qismini beradi. Metallsozlik va mashi-nasozlik korxonalarida sanoat jihozlari, stanoklar, elektr jihozlar, kemalar, temir yoʻl vagonlari, avtomobil va mototsikllar ishlab chiqariladi. Shuningdek, kimyo, ip gazlama, oyna-shisha, koʻn-poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sanoat korxonalarining aksari qismi Kalkutta va uning atrofidagi shaharlarda joylashgan.