Andhra Pradesh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andhra-pradesh — Hindiston shtati. Hindiston ya.o. sharqida, Bengaliya qo‘ltig‘i sohilida, 1956 y. telugu (andhra) xalqi yashaydigan viloyatlardan tashkil qilingan. Mayd. 277 ming km². Aholisi 66,4 mln. kishi (1991). Aholisining asosiy qismi hinduizm dinida; musul-monlar 10% chamasida. Ma’muriy mar-kazi va eng yirik shahri — Haydarobod. Mamlakatning muhim dehqonchilik r-ni. Asosan Dekan yassi tog‘ligida joylash-gan. Sohil qismi pasttekislik. Shim.da Gat tog‘lari tarmoqlari bor (bal. 1680 m). Iqlimi tropik mussonli. Yog‘in asosan yozda yog‘adi. Aholining 70% dan ko‘prog‘i dehqonchilik bilan mashg‘ul. Yerlar mayda dehqonlar qo‘lida. 10—11 mln. ga yer (shtat mayd. ning 40% chasi) ishga so-lingan. Shundan 1/4 qismi sug‘oriladi. Asosiy oziq-ovqat ekini — sholi. Shtat tamaki, kanakunjut yetishtirishda yetak-chi o‘rinda. Shuningdek shakarqamish, yer yong‘oq, paxta va b. ekiladi. Chorvachilik yor-damchi ahamiyatga ega (qoramol, asosan ot-ulov o‘rnida ishlatiladi). Shtatning yer osti boyliklari anchagina bo‘lsa ham, ko‘p qismi ishga solinmagan. Vishakhapatnam sh. yaqinida marganes, Nelluru viloya-ti yaqinida slyuda, Singareni sh. yonida ko‘mir qazib chiqariladi. Grafit konlari mavjud. Vishakhapatnamda kemasozlik korxonasi va neft zavodi, oziq-ovqat va to‘qimachilik korxonalari, qog‘oz f-kasi, sement zavodlari bor. Kimyo-farmatsev-tika preparatlari ishlab chiqariladi. O‘rmon boyliklaridan foydalaniladi. Hunarmandchilik rivojlangan. A.-P.da t.y. transporta yaxshi rivojlangan. Aso-siy dengiz portlari — Vishakhapatnam (mamlakatning asosiy portlaridan biri), Kakinada, Machilipatnamdir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil