Daman va Diu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daman va Diu
guj. દમણ અને દીવ
port. Damão e Diu
ingl. Daman and Diu
Maqomi Ittifoqdosh hudud
Maʼmuriy markazi Daman
Rasmiy tillar Gujarot tili, Marathiy, ingliz
Aholi (2011) 242 911
Zichligi 2168,85 kishi./km²
Maydoni 112 km² (6- oʻrinda)
Daman va Diu xaritada
Kod ISO 3166-2 IN-DD
Rasmiy sayti
Koordinatalari: 20°25′37″N 72°52′17″E / 20.42694°N 72.87139°E / 20.42694; 72.87139 Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:"
Hindiston xaritasida Daman va Diu

Daman va Diu (guj. દમણ અને દીવ, port. Damão e Diu, ingl. Daman and Diu) — Hindistonning gʻarbiy qismidagi ittifoqdosh hudud. Kambey qoʻltigʻiga kiraverishda, uning har ikki sohilida joylashgan. Daman Gujarot shtati bilan chegaradosh. Diu Katxiyavar yarim orolining janubida joylashgan orol boʻlib, koʻpriklar orqali materik bilan bogʻlangan. Maydoni 112 Km², aholisi 158 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Daman.

Tarixi[tahrir]

1509, 1521 va 1531 yillarda portugallar gujarotlar qalʼasi boʻlmish Diuni bosib olishga harakat qilishgan. 1535 yilda Gujarot hokimi Bahodir qalʼani portugallarga topshirdi, chunki buning evaziga portugallar Gujarotni boburiylardan ozod qilishga yordam berishga vaʼda qildilar. Biroq bu yordam amalga oshmaganligi uchun Bahodir yana Diuni qaytarib olishga harakat qilgan, aksho portugallar tomonidan oʻldirilgan. 1558—59 yillarda portugallar Diu qarshisida Kambey qoʻltigʻi sohilida joylashgan Damanni bosib oldilar. Milliy ozodlik harakatlari tufayli bu hudud 1961 yilda portugallardan ozod qilindi va markaziy xukumat tomonidan idora qilinadigan boʻldi, unga Goa, Daman, Diu ittifoqdosh hudud maqomi berildi. 1987 yilda Goa alohida shtat maqomiga ega boʻldi va oʻsha vaqtdan Daman va Diu ham alohida maʼmuriy birlik.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Iqtisodida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrin tutadi. Umumiy sugʻoriladigan ekin maydoni 51,7 ming ga (24,4 ming ga — Damanda, 27,3 ming ga — Diuda). Qishloq xoʻjaligi asosini bogʻdorchilik (mango, banan, kokos yongʻogʻi va boshqalar) tashkil etadi. Makkajoʻxori, noʻxat, bugʻdoy, shakarqamish, dukkakli oʻsimliklar yetishtiriladi. Hududda qariyb 550 ta kichik sanoat korxonalari mavjud boʻlib, ular Riganvada, Dabel, Bximpur va Kodayya shaharlarida joylashgan. Aholining bir qismi baliq ovlash va uni qayta ishlash bilan shugʻullanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil