Manipur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manipur — Hindistonning shim.-sharqiy qismidagi shtat, Myanma bilan chegaradosh. Maydoni 22,4 ming km². Aholisis 2,4 mln. kishi (2001), koʻp qismi manipur xalqi. Rasmiy tili — mani-puri tili. Maʼmuriy markazi — Impxal shahri Manipur hududida miloddan avvalgi 33 yildan 1391-yilgacha Pakxangba sulolasi hukmronlik qilgan. Oʻrta ayerlarda Manipur mustaqil hokimlik boʻlib, bir necha bor myanmaliklar hujumiga uchragan. 1826—1949-yillarda inglizlar qoʻl ostida boʻldi. 1963-yildan ittifokdosh hudud, 1972-yil yanvardan Hindistonning mustaqil shtati.

Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi 2500 m. Togʻ oralarida balandligi 800–1000 m li keng vodiylar bor. Iqlimi iliq, moʻʼtadil iqlim. Yillik yogʻin vodiylarda 1500 mm, togʻlarda 2500 mm gacha. Yon bagʻirlarda sernam tropik va igna bargli oʻrmonlar hamda oʻtloqlar bor.

Manipur — agrar shtat. Asosiy ekini — sholi. Shuningdek, makkajoʻxori, bugʻdoy, shakarqamish, sabzavotlar, paxta, tamaki ekiladi. Bogʻlar bor. Ipak qurti boqiladi. Qoʻlda gazlama toʻqiladi. Hunarmandchilikda uy-roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi. Metallni qayta ishlash, zargarlik buyumlari, oʻyin-choqlar yasaladigan korxonalar, sement, elektronika, plastmassa zavodlari mavjud. Manipur boshqa shtatlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Im-pxalda aeroport, universitet bor. Turizm rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil