Panjob (shtat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Panjob — Hindistonning shim.gʻarbiy qismidagi shtat. Satlaj daryosi havzasida. 1956-yilda tuzilgan. Maydoni 50,4 ming km². Axrlisi 24,3 mln. kishi (2001); panjobi va hindi tillarida soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Chandigarx shahri Hindgang tekisligining shim. qismida. Daryolari yozgi musson davrida toshadi. Relyefi bir oz qiya, jar koʻp. Iqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 15°, mayniki 35° gacha. Yillik yogʻin 700 mm gacha. Barg toʻkuvchi, doim yashil va igna bargli oʻrmonlar bor.

Panjob — xind madaniyatining qad. markazlaridan. Hindistonning chegara viloyati boʻlgan Panjob qadimda va oʻrta asrlarda qoʻshni mamlakatlar bilan boʻladigan savdo ishlarida muhim rol oʻynagan va bu mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarga ega boʻlgan (qarang Panjob tarixiy viloyatiga).

Iqtisodiyotida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Mamlakatning bugdoy va ingichka tolali paxta yetishtiriladigan asosiy qishloq xoʻjaligi rayonlaridan. Ishlanadigan yerlarning yarmiga yaqini sugʻoriladi.

Asosiy oziq-ovqat ekini — bugʻdoy (mamlakatda olinayotgan bugʻdoy hosilining 1/4 qismi), dukkakli ekinlar, arpa, makkajoʻxori, tariq, kartoshka va sholi. Texnika ekinlaridan paxta, shakarqamish ekiladi. Kangrada choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, tuya boqiladi. Sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik (ip gazlama, shoyi, movut) korxonalari, shakarqand, sement, mineral oʻgʻit, ogʻir suv zavodlari, taʼmirlash us-taxonalari, qogʻoz, choy fabrikalari va boshqa bor. Hunarmandchilikda gilam, poyab-zal, yogʻoch buyumlar ishlab chiqariladi. Panjob orqali Hindistonni Pokiston bilan bogʻlovchi asosiy transport yoʻllari oʻtgan. Chandigarh shahrida aeroport bor. Turizm rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil