Ekvatorli Gvineya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ekvatorli Gvineya Respublikasi
Ekvatorli Gvineya davlat bayrogʻi   Ekvatorli Gvineya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Unidad, Paz, Justicia
(Ispancha: Unity, Peace, Justice)
Madhiya: Caminemos pisando la senda
(Let Us Tread the Path)
Ekvatorli Gvineya Xaritasi
Poytaxt Malabo
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Teodoro Obiang Nguema Mbasogo
 •  Bosh Vazir   Miguel Abia Biteo Boricó
Mustaqillik   Ispaniyadan
 •  Sana   12 oktabr 1968
Maydon  
 • Butun 28,051 km² (145-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 535,881 (166- oʻrin)
 • Zichlik 19/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$25,690 mil. (103-)
 • Jon boshiga AQSh$47,940
Pul birligi CFA Franc (XAF)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma EK
Internet domen .gq
Telefon prefiksi +240

Ekvatorli Gvineya (Ekvatorli Gvineya Respublikasi) — poytaxti Malabo shahri. BMT aʼzosi. Ekvatorial Afrika, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Tarkibiga materik qism — RioMuni hamda Bioko o. va boshqalar mayda orollar kiradi. Mayd. 28,1 ming km2. Aholisi 498,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Malabo shahri Maʼmuriy jihatdan 7 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. E.G. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 17 noyabrdagi referendumda maʼqullangan; 1995 yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident; u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana bir necha marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (xalq vakillari palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. E.G. kontinental qismining yer yuzasi bal. 600—900 m boʻlgan togʻliklar (eng baland joyi 1200 m), sohili kambar pasttekislik. Bioko vulkanli orolida mamlakatning eng baland joyi —SantaIsabel choʻqqisi (3008 m) bor. Iqlimi ekvatorial, doim sernam. Oylik oʻrtacha t-ra 24° dan 28° gacha. Yogʻin miqdori yiliga 2000 mm dan ziyod, orollarda 2500 m gacha. Daryo koʻp, hammasi sersuv va serostona, faqat quyi qismida kemalar qatnaydi. Asosiy daryosi — Mbini. Oʻsimliklari qizilsariq laterit tuproqdarda oʻsuvchi doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlardan iborat. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻoch olinadigan 150 dan ortiq daraxt turi — moyli va kokos palmalari, temir daraxti, okume va boshqalar oʻsadi. Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil: maymun, kiyik, mangust, gʻizol, fil, qoplon va boshqalar yashaydi.

Aholisining aksariyatini bantularga mansub fang va bubi xalqlari tashkil etadi. RioMuni sohilida benga, kombu, lenge va boshqalar xalqlar yashaydi. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning asosiy qismi katoliklar; protestantlar ham bor. Aholining bir qismi anʼanaviy mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 29,2%. Muhim shaharlari: Malabo, Bata.

Tarixi. 1472 yil boshida Portugaliyaning Fernando Po boshchiligidagi ekspeditsiyasi Gvineya qoʻltigʻidagi orolga kelib tushdi (keyinchalik bu orol Fernando Po nomi bilan ataldi; 1979 yildan Bioko o.) va uni oʻz mulki deb eʼlon qildi. 1592 yildan orollarni mustamlakaga aylantirish harakati boshlandi. 1778 yildan u Ispaniya Gvineyasi nomi bilan Ispaniya mulki boʻlib qoldi (1843 yildan Ispaniya orolda mustahkam oʻrnashib oldi). Mamlakatning materik qismi — RioMuni Ispaniya va Fransiya mulkiga aylandi (ular oʻrtasidagi chegara 1900 yil belgilab olindi). E.G. aholisi koʻp yillar mobaynida oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashib keldi. Ayniqsa, bu kurash 20-asrning 30-y.

lari oxiridan jiddiy tus oldi. 1960 yil Ispaniya hukumati E.G.ning mustamlaka maqomini bekor qilishga majbur boʻldi va uni Ispaniyaning "dengiz orti" provinsiyasiga aylantirilganligini eʼlon qildi. 1964 yil unga "ichki muxtoriyat" maqomini berdi. Milliy ozodlik harakatining avj olishi natijasida 1968 yil 12 oktda mamlakat E.G. nomi bilan mustaqillikka erishdi. E.G. 1968 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 17 yanvarda tan olgan va 1993 yil 24 iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12 oktyabr — Mustaqillik kuni (1968).

Siyosny partiyalari. Sotsialdemokratik partiya, 1991 yil tuzilgan; E.G. demokratik partiyasi, 1987 yil tuzilgan; Liberaldemokratik konvent; Sotsial demokratiya uchun konvergensiya; Sotsialdemokratik xalq konventi.

Xoʻjaligi. E.G. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon hoʻjaligi 46%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 21% ni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi — mamlakat iktisodiyotining asosi. Mehnatga layoqatli aholining 80% q.x.da band. Dehqonchilik va yogoch tayyorlash muhim rol oʻynaydi. Eksport uchun kakao, kofe, banan, moyli palma yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun maniok, batat, yer yongʻoq, makkajoʻxori, sholi, sitrus mevalar, sabzavot ekiladi. Oʻrmonda yovvoyi moyli palma mevalari yigʻiladi, qimmatbaho yogoch tayyorlanadi. Chorvachilik sust rivojlangan. Baliq ovlanadi.

Sanoati, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat. Palma moyi ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, yogʻoch tilish, q.x. mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 20 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosyl qilinadi.

Avtomobil yoʻllary uz. 2,7 ming km. Dengiz portlari — Bata, Malabo. Chetga kofe, kakao, yogʻoch chiqaradi. ChetDan oziqovqat, mashina va jihozlar, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Kamerun, AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — KFA franki.

Tibbiy xizmati. E.G.da 1100 oʻrinli 20 ga yaqin kasalxona, 150 dyspenser, 600 dan ziyod qishloq tibbiyot punkti bor. Vrachlar chet elda tayyorlanadi.

Xalq maorifi. Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 8 yillik. Toʻliq oʻrta maʼlumot olish uchun 9— 11sinflarda 3 yil oʻqish lozim. Turli hunar maktablari bor. Malaboda maʼmuriy xizmatchilar maktabi va oʻqituvchilar tayyorlash (boshlangʻich maktablar uchun) maktabi, Bata shahrida oʻrta maxsus maʼlumot beruvchi Politexnika instituti faoliyat koʻrsatadi. 1980 yildan Malabo va Batada Ispaniya universitetining sirtqi taʼlim filiallari ishlaydi. Oliy maʼlumotli kadrlar chet elda tayyorlanadi. Malaboda kutubxona bor.,Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. E.G.da "Afrika 2000" jur. (3 oyda 1 marta ispan tilida), "Vos del pueblo" ("Xalq ovozi", ispan tilida) gaz., "ElSol" ("Quyosh") haftanomasi (ispan tilida) nashr etiladi. E.G. milliy radiosi hukumat radiostyasidir. E.G. milliy televideniyesi, telekoʻrsatuv xizmati, Malabo shahrida joylashgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Xalq turar joylari yogʻochdan toʻgʻri burchakli qilib quriladi va tomi ikki nishabli boʻlib, palma yaproqlari bilan yopiladi. Shaharlar, asosan, tartibsiz qurilgan 1 qavatli uyLardan iborat boʻlib, katta maydonni egallaydi (Malabo va Bata shahrilarida 2—3 qavatli). 20-asrning boshlarida ayrim binolar soxta gotika uslubida, 60-y.

larda zamonaviy Yevropa meʼmorligi ruhida (Malabodagi aeroport va telegraf, Bata shahridagi radiostya, sʼyezdlar saroyi va boshqalar) qurildi. E.G.da yogʻoch oʻymakorligi (turli raqslarda kiyish uchun niqoblar, dumaloq barabanlar tayyorlash), yogʻochdan geometrik naqshlar bilan bezatilgan qoʻngʻiroqchaga oʻxshash (lebo) musiqa asboblari yasash rivojlangan.