Uygʻur hoqonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uygʻur hoqonligi
745 — 847



Uyghur Khaganate.png
Poytaxti 745-847 Qorabalasagʻun
Til(lar)i Orxon-enisey
Maydoni 3100000 km²
Aholisi Uyg'urlar
hidanlar (Manchjurlar)
Boshqaruv shakli monarxiya
 - 744-747 Qutlug' Bilga Qul

Uygʻur hoqonligi (745—840) — Markaziy Osiyoning sharqiy tarfidagi turkiy tilli qabilalar barpo etgan oʻrta asrlik mamlakat. Selenga, Oʻrxon, Toʻla daryolarining joqasiga joylashgan. 8 asrning boshlanishida yaglakar urugʻi boshlagan toʻqqiz-oʻgʻiz qabilalar ittifoqi Sharqiy turk hoqonligiga qarshi oʻz mustaqilliklari uchun jang qildi. Asta sekinlik bilan ular bir mamlakat boʻlib tashkil topdi. Yangi mamlakat Uygʻur hoqonligi deb ataldi. 744-yili Sharqiy turk hoqonligining lashkarlari ustidan gʻalaba qozongan ular siyosiy va mudofa kuchlarini ilk bor oʻz qarmogʻiga oldi. Sharqiy turk hoqonligining oʻrniga yangi mamlakat — Uygʻur hoqonligi tashkil topdi. Uning poytaxti — Orxon daryosi yoqasidagi Qorabalasagʻun shahri boʻldi. Ilk hoqoni Peylo (746) boʻldi. Uninh davrida mamlakat hududi Oltoy togʻlaridan Katta Xinganga, Sayan qirgʻoqlaridan janubda Gobi choʻligacha kengaydi. Peylo vafotidan keyin uning oʻgʻli Moʻyinshoʻr taxtga oʻtirdi (746—759). U yanada mamlakatni kengaytirib, Markaziy Osiyo bilan va Xitoy bilan aloqa oʻrnatti. Moʻyinshoʻr Tivani oʻz tarkibiga qoʻshib oldi. Uygʻur hoqonligi shu darajada kuchaydiki 757-yili Xitoyda Sugʻdlik An Lu-shan boshchiligidagi isyonchilar isyonga chiqqanida Xitoy imperatori Moʻyinshoʻrdan madad soʻradi. Uygʻur hoqonligi turkiyzabon koʻchmanchi qabilalarning ittifoqi natijasida tashkil topgan oʻrta asrlik mamlakat boʻldi. Bosh mansab hoqonning qoʻlida boʻldi. Aholisi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullandi. Shahar, qoʻrgʻon, qishloq barpo etish rivojlandi. Kulolchilik esa rivojlana boshladi. Siriya alifbosi asosida uygʻur alifbosi tashkil topdi. Uygʻurlarning maʼlum miqdori buddizm diniga mansub boʻlsa, 8 asrning oxirlarida manixey diniga koʻcha boshladi. Aytish joizki, xalqning asosiy qismi tangriga sigʻindi. Uygʻur zadagonlarining oʻzaro kurashishlari va qabilalarning isyonga koʻp chiqishi natijasida 8 asrning oxirlarida hoqonlik zaiflashdi. Oxiri 840-yili Enisoy qirgʻizlarining bosqinchiligidan hoqonlik batomom quladi. Uygʻurlarning Oltoy bilan Tarbagʻatoy orasidagi Qarluq hoqonligiga qochdi. Qolgani Sharqiy Turkiston bilan Gansu hududidan boshpana topdi. Uygʻur hoqonligi yuz yilga yaqin vaqt oraligʻida Xitoyning Markaziy Osiyoga oʻtishiga toʻsiq boʻldi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Doslovno „nachalnik koney“. Fakticheski zaveduyuщiy osobimi armeyskimi delami