Bastakor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bastakor (forscha: "basta" bogʻlash, bogʻlov; "kor" mashgʻulot, ish) — monodiya uslubida asar(qo‘shiq, ashula, cholg‘u kuy)lar yaratuvchi ijodkor[1]; anʼanaviy mumtoz musiqa asarlari ijodchisi[2].

Musulmon Sharqida musannif, mullahhin, ohangsoz kabi atamalar bilan tanilgan. (manba keltirish kerak) Odatda bunday sanʼatkorlar oʻz faoliyatida ijrochi (xonanda, koʻproq sozanda)lik va ijodchilikni uzviy bogʻlashgan. Abu Nasr Forobiydan boshlab Darvishali Changiy va boshqalarning musiqiy risolalari, Abulfaraj Isfahoniy ("Kitob ul-agʻoni"), Aruziy Samarqandiy ("Chohor maqola"), Alisher Navoiy ("Majolis un-nafois", "Holoti Pahlavon Muhammad"), Davlatshoh Samarqandiy ("Tazkirat ush-shuaro"), Zayniddin Vosifiy ("Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ"), Bobur ("Boburnoma") va boshqalarning asarlarida oʻnlab bastakorlar haqida tarixiy taʼrifiy maʼlumotlar mavjud. Ular, garchand bastakor atamasidan bevosita foydalanishmasada, uning asl maʼnosini ochib berishgan.

Ogʻzaki anʼanadagi musiqiy ijod sohiblari turli davr va mamlakatlar musiqa ilmi va amaliyotida turlicha nomlanib kelingan. Oʻzbeklar va tojiklar bastakor (shuningdek, ohangdon, navosoz va boshqalar), ozarbayjonlar, armanlar va turklar — oshiq, qozoqlar va qirgʻizlar — oqin, kyuyshi, salsere kabi atamalar ishlatishadi.

To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodiqov, Nabijon Hasanov, Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, Saidjon Kalonov, F. Toshmatov, Muhammadjon Mirzayev, Orifxon Hotamov, Fattohxon Mamadaliyev, Abduhoshim Ismoilov kabi bastkorlar tanilgan. Tojikiston, Ozarbayjon va Oʻzbekistonda koʻp ovozli musiqa asarlari muallifi — kompozitor ham baʼzan bastakor deb yuritiladi. (manba keltirish kerak)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Akbar Ilyosov. Musiqa lug‘ati. Toshkent: "O‘qituvchi" nashriyoti, 1997 — 384 bet bet. ISBN ISBN 5-645-04422-2. 
  2. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi — 964 bet. ISBN 978-9943-8834-4-4.