Qoʻshiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiy halqlar orasida, sheʼrga bitilgan bir nazm shakli, qo'shiqdir. Bastalangan musiqa bilan birgalikda qoʻshiq yaratiladi. Bastakorlik asosida yaratilgan asar 3-5 toʻrtliklardan iborat boʻlishi mumkin, baʼzan qisqa yoki ulkan hajmda ham boʻlishi mumkin. yangi adabiyotimizda Muhammad Yusuf bayotlari bu turda mohirlik bilan qoʻllanilgan.


Qoʻshiq — keng maʼnoda sheʼriymusiqiy janr; vokal musiqannnt eng ommalashgan, koʻproq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga moʻljallab toʻqilgan sheʼriy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompo-zitorlar yaratgan, ommabop musiqa yoʻnalishidagi Q.lar farqlanadi. kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qoʻshiqlari, ommaviy qoʻshiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa Q.lar ajratiladi. Q. kuyi dia-pazoni ixchamligi, musiqa rivoji band (yoki band-naqarot) shakliga asoslanganligi, ohanglar tizimida soʻz va kuy intonatsiyalari mushtarakli-gi, sheʼriy matndagi gʻoyaviy-emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda (badiiy yakuni sifatida) ifo-dalanishi bilan ajralib turadi. Q.ning yana oʻziga xos tomoni — sheʼriy matn va kuy shakllarining oʻzaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzil-malar (sheʼrda — band, kuyda — davr)ga asoslanganligidan iborat. Q.ning sheʼriy matnlari aniq kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq Q.lari oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻrta Osiyoda ir (jir), terma, oʻlan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, 20-a.da zamonaviy Q. shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa sanʼatida Oʻrta asrdagi shoirxonan-dalar (Fransiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar va b.)ning asarlari. meysterzingerlar sanʼati namunalari, Uygʻonish davrish yaratilgan koʻp ovozli italyan sapgopePa, nemischa 1es1, fransuzcha spapzop, 17—18-a.lardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi Q.lar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi Q., 20-a.da keng rivoj topgan ommaviy qoʻshiq, estrada Q.lari va b. professional Q.ning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P.Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visotskiy va b., Oʻzbekistonda — Hamza, Habibiy, Sobir Ab-dulla, Mirtemir, Chustiy, T.Toʻla, P.Moʻmin, N.Narzullayev, Muham-mad Yusuf, E.Vohidov, J.Jabborov va b.ning Q. sheʼriyati rivojidagi xizmatlari katta.

Tor maʼnoda Q. — oʻzbek xalq ijodidagi janr; qoʻsh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7—8 hijoli barmoq vaznidagi toʻrtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. birinchi sheʼr toʻrtligi qofiyalari aaaa, aava, aavv yoki aavs nis-batida boʻlishi mumkin. Oʻzbek Q.larida birinchi bandi odatda 4 sheʼriy misra va ularni kuylashga asos boʻlgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uygʻunligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2—4 boʻlib, ularning oʻzaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, oʻzgartirish yoki maʼlum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. Oʻzbek Qlari, ashuladan farqli oʻlaroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta — seksta diapazoni-da) boʻlib, baʼzan doira joʻrligida ijro etiladi. Kuychan ohangli Q.lar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa Q.larda kuychanlik xususiyatiga ega choʻzimli ohanglar uchrasa-da, ular koʻproq Q.ning* yakunlanishi arafasida namoyon boʻladi. Q.larda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qoʻllanmasa-da, baʼzan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror soʻzlar kelishi, shuningdek, "jon", "yor", "dod-ey" kabi un-dov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi.

20-a. oʻzbek bastakorlari va, ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub Q.lar janr nuqtai nazaridan oʻzida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, maʼlum oʻzgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, joʻrnavoz cholgʻular, raqs unsurlarini ham koʻrish mumkin. Oʻzbek bastakorlaridan Yu.Rajabiy, K.Jabbo-rov, Fahriddin Sodiqov, T. Jali-lov, Gʻ.Toshmatov, N. Hasanov, M. Mir-zayev, BAliyev, R.Tursunov va b., kom-pozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M. Leviyev, S.Yudakov, A.Otajonov, F . Nazarov, A. Nazarov, F.Alimov, Q.Komilov, bolalar uchun A. muhamedov, Ye.Shvars, Il.^Akbarov, N. Norxoʻjayev, A.Ergashev, A.Mansurov, estrada yoʻnalishida Sh.Ramazonov, Ik. Akbarov, E. Solihov, D.Omonul-layeva, A.Rasulov va boshqalar Q. jan-rida salmoqli ijod qilgan.

Ad.:Alaviya M., Oʻzbek xalqqoʻshiqpari, T., 1959; Karomatov F., Oʻzbek xalqi musiqa merosi, 1-kitob (qoʻshiq), T., 1978. Olim Bekov, Oqil Ibrohimov.

Oʻzbek Xalq mashhur ashulachisi Yulduz Usmonova

Mashhur oʻzbek sanʼatkori Ohunjon Madaliyev tomonidan yaratilgan „Turkman qizga uylanam“ ashulasi Muhammad Yusuf asari asosida yaratilgan boʻlib ashula janriga yaqqol misoldir

Turkman Qiz[tahrir]


Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman,
Iboli bir yor topolmay oʻylanaman.
Oʻz yurtimning suluvlari til uqmasa,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman…

Koʻzim tushsa yuzlarin lov-lov yonadi,
Yelkasida qirqta chaman tovlanadi,
Kesilmagan kokillari toʻlgʻonadi,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman…

U elining urflarini qilmaydi xor,
Beshigi hech allasiga boʻlmaydi zor,
Qoshida momosi qoʻygan oʻsmasi bor,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman…

U ajralib turar turfa gul ichida,
Oftob chiqib, oftob botar kulgichida,
Oʻz tilida gapirmaydi til uchida,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman…

Bir xil libos kiymish koʻrdim nechalari
Oybaldogʻi yonib turar kechalari.
Yashnab ketar yursa Toshkent koʻchalar
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman.

Goʻshangaga kirganimda yorga yetib,
Menga oʻlan soʻylab berar yodlar etib
Bobolarim ruhlarini shodlar etib,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman.

Manbalar[tahrir]