Amfibolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amfibolit — metamorflashgan oʻrtacha donador togʻ jinsi. Aksari am-fibollar, plagioklazlar va qoʻshimcha minerallardan tarkib topgan. Rangi qora, toʻq yashil. A. metamorfizm nati-jasida oʻrta va asosli magmatik jinslar va qisman baʼzi bir choʻkindi jinslardan paydo boʻladi. Oʻzbekistonda Buxoro va Fargʻona viloyatlaridagi togʻlarda, ayniqsa, Qoraqalpogʻistondagi Sulton Uvays togʻlarida koʻp uchraydi. Qora rang-li turlaridan bezak buyumlar yasashda va binokorlikda qoplama bezak materiali sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil