Ziyoriylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

ZiyoriylarEronda hukmronlik qilgan sulola (9281042). Asoschisi qad. aslzodalar avlodidan boʻlgan Mardovij ibn Ziyor (928—935). U somoniylar lashkarboshisi Asfar isyonidan foydalanib, Tabariston, Jurjonni ishgʻol qilgan va mustaqil 3. davlatini tuzgan. Keyinchalik Isfahon, Hamadonni egallagan, 928—931 y.larda 3. davlatining chegarasi Mesopotamiyadagi Xulvon sh.gacha kengaygan. Mardovij abbosiylar vassal i hisoblanardi. Uning vafotidan soʻng Z.ga qarashli hudud boʻlinib ketgan. Mardovijning ukasi Vashmgir (Vushmgir) davrida (935—967) 3. ixtiyorida faqat Kaspiy boʻyi yerlarigina qolgan, bu vaqtda ular somoniylarga tobe boʻlgan. 3. buvayhiylar bilan somoniylar oʻrtasidagi Shim. Eron uchun boʻlgan kurashda muhim rol oʻynagan. 11-asr boshlarida 3. gʻaznaviylarga boʻysungan. 1041 y. saljuklar Jurjon va Tabaristonni bosib olgach, Z.ning soʻnggi shohi Kaykovus Gʻaznaga qochgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil