Kontent qismiga oʻtish

Ziyodaxon Isoqova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ziyodaxon Isoqova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 14-fevral 1998-yil (1998-02-14) (26 yosh)
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani
Mukofotlar
Sport
Qaysi sport Para taekvondo
Murabbiy(lar)i Ozodbek Hasanov
Bobur Qoʻziyev
Sport mukofotlari
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Kumush Parij 2024 47 kg
Jahon chempionati
Bronza Antalya 2021 47 kg
Oltin Verakrus 2023 47 kg
Yozgi Paraosiyo oʻyinlari
Kumush Xanchjou 2022 47 kg

Ziyodaxon Isoqova (1998-yil 14-fevral; Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani) – oʻzbekistonlik para taekvondochi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyodaxonxon Isoqova 1998-yil 14-fevralda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida tugʻilgan va mazkur tumandagi Qulibek qishlogʻida yashaydi. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan[1].

Ziyodaxon Isoqova Ozodbek Hasanov murabbiyligida para-taekvondo bilan shugʻullana boshlagan[1]. 2017-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosiga aylangan. Hozirgi vaqtda Bobur Qoʻziyev murabbiyligi qoʻl ostida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda[2].

2021-yilning 21—22-may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida oʻtkazilgan litsenzion turnirda ishtirok etib, oltin medalni va Tokioda oʻtkazilgan yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan[1][3]. Paralimpiya oʻyinlarining yarim final bahsida Ziyodaxon perulik Leonor Espinozaga 7:17 hisobida magʻlub boʻlgan[4]. 3-oʻrin uchun oʻtkazilgan bahsda esa tailandlik Khwansuda Phuangkitchaga 2:18 hisobida imkoniyatni boy bergan[5].

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etib, −48 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[6].

2023-yil Meksikada oʻtkazilgan Jahon chempionatida oltin medal sohibasiga aylangan[2].

2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 47 kg gacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan. Nimchorak finaldan erkin oʻtdi va chorak finalda neytral bayroq ostida ishtirok etgan Zakia Khudadadini 4:3 hisobida magʻlubiyatga uchratgan va yarim finalda tailandlik Khwansuda Phuangkitchadan 5:3 hisobida ustun kelgan[7]. Finalda perulik sportchi – Leonor Espinozaga 4:10 hisobida magʻlub boʻlgan[8].

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil)[9]