Zenfira Magomedaliyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Zenfira Magomedaliyeva
Staff Sgt. Naomi Graham boxes at 2020 Summer Olympic Games (51351071037).jpg
Jinsi ayol
Tugʻilgan paytidagi ismi Zenfira Ramazanovna Magomedaliyeva
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qaysi sport boks
Tavallud sanasi 8-fevral 1988-yil (1988-02-08) (34 yosh)
Tavallud yeri Ibragimotar, Dog'iston ASSR, RSFSR

Zenfira Ramazanovna Magomedaliyeva (tugʻ. 1988-yil 8-fevral, Ibragimotar, Dog'iston ASSR, RSFSR) — rossiya bokschisi, 75 kg gacha, 81 kg gacha va 81 kg dan yuqori vazn toifalarida. 2020-yilgi Yozgi olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori, havaskorlar oʻrtasida ikki karra Jahon chempioni (2014, 2019), ikki karra Yevropa chempioni (2016, 2019), toʻrt karra Rossiya chempioni (2013, 2015, 2016, 2020).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1988-yil 8-fevralda Dogʻiston ASSRning Tlyaratinskiy tumanida tugʻilgan[1]. Dogʻiston pedagogika universitetida oʻqib yurganida yadro uloqtirish boʻyicha Dogʻiston terma jamoasida oʻynagan. Keyin u murabbiy Aleksey Shaxsinov bilan boksni boshladi. Hozirda u Suxrab Manapov bilan shugʻullanmoqda[2].

2014-yilda noyabr oyida Zenfira Magomedaliyeva Koreya Respublikasining Chedju shahrida ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi[3]. Zenfira „oltin“ yoʻlida ozarbayjonlik Aynur Rzayeva, hindistonlik Kavita Chaxal, xitoylik Shidjin Vang, qozogʻistonlik Lyazzat Kungeybayeva bilan jang qilishga majbur boʻldi[2].

Zenfira Magomedalieva Dogʻiston sport tarixida birinchi boʻlib ayollar oʻrtasidagi boks boʻyicha Jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Unga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan tabrik telegrammasi yuborildi[4].

2015-yilda mart oyida Saranskda ayollarning boks boʻyicha oʻrtasidagi Rossiya chempionati finalida Zenfira Elʻmira Ramazanovani magʻlub etdi[5].

2019-yilda oktabr oyida Ulan-udeda boʻlib oʻtgan Olimpiya oldidan Jahon chempionatida rossiyalik sportchi hakamlarning bir ovozdan qarori bilan turkiyalik sportchi Elif Gyunerini magʻlub etib, final uchrashuvini yakunladi. Natijada, ayollarning boks boʻyicha oʻrtasidagi oʻn birinchi Jahon chempionatida u ikkinchi Jahon chempionligini qoʻlga kiritdi[6].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 75 kg gacha vazn toifasida rossiyalik sportchi yarim finalga qadar yetib bora oldi. U yarim finalda Li Syanga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]