Saransk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saransk - RFdagi shahar (1651 yildan), Mordva Respublikasi poytaxti (1990 yildan). Insar daryosi (Volga havzasi)ning chap sohilida. Temir yoʻl stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 317,7 ming kishi (1998). S. 1641 yilda Rus davlatining jan.sharqqa kengayib borishida chegaradagi qalʼa sifatida vujudga kelgan. 1651 yildan uyezd shaxri. 1670 y. S.T.Razin qoʻshinlarining tayanch punkti boʻlgan. 1774 y. shaharga Ye. I. Puganeye kirib kelgan. 1801 y. dan Penza gubernyasining uyezd markazi. 1893 y. S. orqali t.y. oʻtgan. S.da 1917 y. 5(18) dek.da shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgan. 1928 yildan S. Mordva milliy okrugi, 1930 yildan Mordva muxtor viloyati markazi, 1934—90 yillarda Mordva Muxtor Respublikasi, 1990 yildan Mordva Respublikasi markazi. Mashinasozlik, metallsozlik (shu jumladan, elektrotexnika sanoati, priborsozlik, ekskavator, avtosamosval, televizor va boshqa ishlab chikarish), kimyofarmatsevtika va kimyo, yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoatlari bor. 2 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Mordva universiteti), i.t. institutlari, 3 teatr, suratlar galereyasi, oʻlkashunoslik, haykaltarosh S.D. Erzya muzeylari, telemarkaz mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Ioann Bogoslov cherkovi (17-a. oxiri), gʻishtin palatalar (17-a.) saqlanib qolgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil